Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik çerkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yölladi.
Davlat rahbari öz maktubida Ruhoniy Hazratlari Özbekiston va Vatikan örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş, dinlar va konfessiyalararo döstlikni mustahkamlaş, butun jahonda muhtoj insonlarni qöllab-quvvatlaş, ezgu ğoyalarni keng tarğib etiş işiga munosib hissa qöşganini ta’kidladi.
Prezident Vatikan xalqiga, yer yuzidagi butun katolik ahliga çuqur ta’ziya va hamdardlik tuyğularini izhor etdi.
Rim papasi Fransisk 2025 yil 21 aprel kuni, Vatikandagi qarorgohi — Kasa-Santa-Martada olamdan ötdi. U 88 yoşda edi. Kardinal Kevin Farrell Vatikan telekanali orqali papaning ölimi haqida rasman xabar bergan.
Eslatib ötamiz, 2025 yil fevral oyi örtalarida Rim papasi Fransisk bronxit taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgandi. Keyinroq uning holati keskin oğirlaşgan — unda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan va bir neça bor sun’iy nafas oldiriş apparatiga ulangandi. Kardinal Janfranko Ravazi «agar papalik vazifalarini bajariş bilan boğliq murakkabliklar yuzaga keladigan bölsa», Fransisk taxtdan voz keçişi mumkinligini aytgan edi.

















