Italiya boş vaziri Jorjiya Meloni şu hafta, 25-26 aprel kunlari rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keladi, 26-27 aprel kunlari esa u Qozoğistonga boradi. Ostona şahrida Markaziy Osiyo–Italiya sammiti ham ötkazilişi kutilmoqda. Meloni 27 aprel kuni Markaziy Osiyo liderlari bilan Ostonada körişib, muloqot qiladi. Italiya hukumatining xabar berişiça, Jorjiya Meloni 25 aprel kuni Rim şahrida Ozodlikning 80 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirda qatnaşganidan söng Özbekistonga uçib ketadi.
Hukumat e’lon qilgan grafikka köra, boş vazir 25-26 aprel kunlari Özbekistonda böladi.
Qozoğiston prezidenti ofisining ma’lum qilişiça, Jorjiya Meloni prezident Töqayev taklifiga binoan rasmiy taşrif bilan bu davlatga keladi. Oliy darajadagi muzokaralar çoğida strategik şeriklikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi, deb yozadi Oq örda.
Şuni ta’kidlaş joizki, taşrifning asosiy tadbiri – Markaziy Osiyo–Italiya sammiti şu oyning boşida Samarqandda ötgan Yevropa Ittifoqi–Markaziy Osiyo sammitidan 23 kun ötib, ötkazilmoqda. Ötgan yili may oyida taşqi işlar vazirlari darajasida Italiya–Markaziy Osiyo sammiti Rimda ötkazilgan edi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2023 yilning iyun oyida Italiyaga safari doirasida prezident Serjio Mattarella, boş vazir Jorjiya Meloni bilan uçraşib, muzokara ötkazgandi. Öşa taşrif doirasida Özbekiston va Italiya rasman strategik şeriklarga aylangan. Bu töğrisidagi deklaratsiyani Mirziyoyev va Meloni imzolagandi.
Özbekiston prezidenti Italiya rasmiy Toşkentning Yevropadagi muhim va işonçli şerigi ekani, siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, energetika, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlik faollaşib borişini gapirgandi.
Boş vazir Jorjiya Meloni esa Özbekistonning Markaziy Osiyoda şeriklik, yaxşi qöşniçilik va işonç muhitini mustahkamlaş borasidagi rolini ijobiy baholagan. U Mirziyoyevning safari çoğida “Italiya—Markaziy Osiyo” hamkorlik formatini yanada rivojlantirişga çaqirgan.
2023 yilning noyabr oyida esa Italiya prezidenti javob taşrifi bilan Özbekistonga keldi. Toşkent bilan hamkorlik Özbekistonning Yevropa va Uzoq Şarq, Rossiya va Xitoy örtasidagi mavqeyi sabab Rim uçun alohida ahamiyatlidir, deya yozgandi Italiyaning Agenzia Nova agentligi Serjio Mattarellaning safari haqidagi maqolasida. Rim Özbekistonga Ğarb bilan aloqalarni yanada mustahkamlaş uçun yordam beradi, deya qöşimça qilingandi uşbu xabarda.















