Oq uy yangi mudofaa vazirini qidirişni boşladi, bu haqda AQŞ rasmiysiga tayanib NPR xabar berdi.

Bu amaldagi mudofaa vaziri Pit Hegset bilan boğliq mojarolar fonida sodir böldi.

Avvalroq, Hegset şaxsiy telefonidagi Signal messenjeri çatida Yamanda bölajak zarbalar tafsilotlarini rafiqasi va akasi bilan örtoqlaşgani ma’lum bölgan edi. Qayd qilinişiça, Hegset bu ma’lumotlarni yuqori martabali harbiy amaldordan olgan va bir neça daqiqa ötgaç, şaxsiy çatda oşkor qilgan.

Mart oyida Hegset Oq uyning yuqori martabali amaldorlari bilan Signal çatida Yamandagi husiylarga qarşi kampaniya tafsilotlarini baham körgani ma’lum böldi, ular orasida tasodifan The Atlantic jurnali boş muharriri Jyeffri Goldberg ham bor edi. Uni çatga AQŞ prezidentining milliy mudofaa böyiça maslahatçisi Maykl Uolts tasofidan qöşgan. Çatda Amerika rasmiylari Yaman husiylariga qarşi harbiy operatsiyani muvofiqlaştirgan.

Jurnalist bir neça kun davomida zarbalar tafsilotlari, jumladan, vaqt, nişonlar va işlatilgan qurollar muhokamalarini kuzatdi. Ba’zi ma’lumotlar şu qadar nozik ediki, Goldberg uni oşkor qilişdan boş tortdi. 31 kişi halok bölgan va yuzdan ortiq jarohat olgan operatsiyadan söng jurnalist guruhni tark etib, çat a’zolariga maktub yöllab, bunday suhbatning milliy xavfsizlikka ehtimoliy tahdidi haqida söragan.

Sönggi haftalarda Hegsetning tört nafar katta maslahatçisi tösatdan öz lavozimini tark etdi, ularning ba’zilari ma’lumotlarni ommaga sizdirib yuborişda ayblandi. Ularning barçasi Mudofaa vazirligidagi içki ziddiyatlarga işora qiluvçi oçiq bayonotlar bilan çiqdi.

AQŞ armiyasining iste’fodagi zobiti Hegset mudofaa vaziri etib tayinlanişidan oldin, sönggi yillarda konservativ FOX News kanalida ertalabki şou boşlovçisi bölgan. U bir neça bor spirtli içimliklarni suiiste’mol qilişda ayblangan.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt Hegsetni almaştirişga urinişlar bölmaganini inkor etib, Tvitter’da prezident Tramp uni «qattiq qöllab-quvvatlaşini» yozdi.