Rossiya ğarbning Markaziy Osiyo mintaqasida hukmronlik örnatişga bölgan urinişlariga mutlaqo qarşi. Bu haqda RF taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Özbekistonga amalga oşirgan taşrifi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Markaziy Osiyo—RF va Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi formatlari haqidagi savolga javob berarkan, Lavrov bunday formatlardagi hamkorlik faqat özaro manfaatli hamda uşbu jarayonning barça iştirokçilariga mos keladigan kelişuvlarga asoslanişi mumkinligini ta’kidladi.
Şu bilan birga, u Rossiya tomoni «hamkorlik jarayonlarining siyosiylaştirilişiga, u yoki bu mamlakatlar guruhining uşbu va boşqa geosiyosiy makonlarda hukmronlik örnatişga urinişlari bilan boğliq mafkuraviy elementlarning kiritilişiga qarşi» ekanini qöşimça qildi.
Sergey Lavrovning fikriça, bunday urinişlar «ğarblik hamkasblarning Markaziy Osiyo «beşligi» bilan özaro munosabatlariga» yondaşuvlarida yaqqol namoyon bölmoqda.
«Ayniqsa, Yevropa Ittifoqi a’zolari, Yevropa Komissiyasining Bryusseldagi rahbariyati alohida ajralib turibdi, ular mintaqada öz kun tartibini oçiqçasiga antirossiya tarafkaşligi bilan olğa siljitişga harakat qilmoqda. Biz ittifoqçilarimiz va strategik hamkorlarimizning köp vektorli siyosat olib borişiga qarşi emasmiz. Biz özimiz hamişa barça geosiyosiy va geografik sohalarda özaro manfaatli kelişuvlarga erişişdan manfaatdormiz. Lekin Markaziy Osiyoning ayrim hamkorlari, birinçi navbatda, Ğarb davlatlari Markaziy Osiyo davlatlarining hukumat tuzilmalariga, jumladan, çegara, statistika va bojxona işi kabi nozik sohalarga köproq kirib borişga qaratilgan dasturlarga mablağ ajratiş orqali özaro manfaatli loyihalarni taklif qilib qolmay, öz manfaatlarini ilgari surişga harakat qilmoqda», — dedi Rossiya TIV rahbari.
Lavrov buni «ma’qullab bölmasligi» qayd etdi. Uning sözlariga köra, Markaziy Osiyo davlatlari «Ğarb davlatlari ilgari surayotgan maqsadlarni juda yaxşi tuşunmoqda».
«Şuning uçun biz Markaziy Osiyo va taşqi hamkorlar örtasidagi hamkorlik jarayonlarini (narsalarni öz nomi bilan atasak) içki işlarga aralaşişga bölgan bunday oçiqdan-oçiq urinişlardan ozod qiliş tarafdorimiz. Biz heç qaçon heç kim bilan bunday qila olmaymiz», — deydi Rossiya TIV rahbari.

















