Özbekiston AES qurilişiga Xitoy sarmoyasini jalb etmoqçi. “Özatom” agentligi direktori Azim Ahmadxöjayev şu masalada Xitoyga bordi.
Agentlik matbuot xizmatining xabar berişiça, Ahmadxöjayev Xitoy Eksimbanki bilan muzokara ötkazgan. Uçraşuvda Özbekistonda AES qurilişi loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun Xitoydan moliyaviy resurslarni jalb qiliş istiqbollari muhokama qilingan.
Bundan taşqari, Xitoy milliy yadro korporatsiyasi (CNNC)ning xorijiy loyihalar uçun mas’ul bölimi – CNOS ofisida “Özatom”, “Rosatom” va Shanghai Electric kompaniyasi vakillari iştirokida uç tomonlama uçraşuv bölib ötgan.
“Uçraşuvning asosiy maqsadi Shanghai Electric kompaniyasining turbina jihozlari işlab çiqariş imkoniyatlarini örganiş va uşbu jihozlarni Özbekistonda AES loyihasi talablariga moslaştiriş istiqbollarini baholaşdan iborat böldi.
Tomonlar AESning yadroviy bölmagan oroli uçun jihozlarni işlab çiqiş, işlab çiqariş va yetkazib beriş bilan boğliq masalalarni muhokama qildi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Shanghai Electric – atom va issiqlik elektr stansiyalari uçun energetika va turbina jihozlari işlab çiqaruvçi Xitoyning yetakçi kompaniyalaridan biri. Kompaniya 39 ta AES uçun yadroviy bölmagan orol jihozlarini yetkazib bergan. Shanghai Electric assortimentida quvvati 50 dan 1240 MWgacha bölgan turbogeneratorlar mavjud.
Özbekistondagi birinçi AES loyihasi haqida
Özbekiston va Rossiya örtasida 2024 yil 27 mayda imzolangan şartnoma asosida, Jizzax tumanida umumiy quvvati 330 MW bölgan, har biri 55 MW quvvatga ega 6 ta reaktordan iborat kam quvvatli AES qurilişi közda tutilgan.
Stansiya asosini hozirgaça muzyorar kemalarda qöllab kelingan RITM-200 suv-suvli yadro reaktorlarining quruqlikda işlaşga moslaştirilgan RITM-200N versiyasi taşkil etadi. Ammo hozirgaça bu texnologiya yer ustida işlatilmagan.
Boş pudratçi – “Rosatom”ning injyenerlik divizioni bölmiş “Atomstroeksport” AJ. Qurilişga Özbekiston kompaniyalari, xususan Saneg ham jalb etilişi mumkin. Loyiha qiymati 2 mlrd dollardan oşmasligi, xarajatlar asosan taşqi qarzlar hisobiga bölişi ma’lum qilingan.














