Buyuk Britaniya Suriyaning bir qator razvedka xizmatlari, OAV va vazirliklarini, jumladan, Mudofaa va Içki işlar vazirliklarini sanksiyalar röyxatidan çiqardi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi bayonotida söz boradi.

Şuningdek, Xavfsizlik boş boşqarmasi, Havo razvedka kuçlari, Siyosiy xavfsizlik boşqarmasi, Milliy xavfsizlik byurosi, Harbiy razvedka boşqarmasi va Armaiya ta’minoti byurosi ham röyxatdan çiqarilgan.

Bundan taşqari, Radio va televideniye boş boşqarmasi, «Al-Vatan» gazetasi, Cham Press TV va Sama TV telekanallariga nisbatan çeklovlar olib taşlangan.

Mart oyida Britaniya hukumati Suriyaning 24 ta taşkiloti, jumladan, mamlakat Markaziy banki va neft kompaniyalariga nisbatan sanksiyalarini bekor qilgandi. Mamlakat hukumati Suriyada hokimiyat almaşgani sabab sanksiyalar rejimini yumşatişga qaror qilgan.

Eslatib ötamiz, dekabr oxirlarida Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan Suriyaning qayta tiklanişiga yordam körsatiş uçun xalqaro hamjamiyatni undan sanksiyalarni olib taşlaşga çaqirgandi. «Oldingi rejimga qarşi joriy etilgan sanksiyalar imkon qadar tezroq olib taşlanişi kerak», — degan Fidan Suriyaning yangi rahbari Ahmad aş-Şar’a bilan ötkazilgan matbuot anjumanida.