Donald Tramp sabab oxirgi vaqtlarda dedlayn degan sözni tez-tez işlatyapmiz. Avvallari bu sözni faqat futbol menejer öyini uçun tarkibni yangilaş oldidan işlatardik. Dedlayn inglizça söz bölib, biror işni bajariş uçun belgilangan eng oxirgi muddat degani. Masalan, futbol menejer öyinida belgilangan dedlayngaça tarkibni yangilaşga ulgurmasangiz, imkoniyatingiz kuyadi, sizga hokimiyatdagi amakingiz ham yordam berolmaydi. Biroq Trampning dedlaynlari bunaqa jiddiy bölib çiqmadi. Butun boşli Amerika prezidenti belgilagan muddat oddiy virtual öyindagi muddat kabi ham bölolmayapti.
Bir kun, uç kun, yuz kun...
Tramp saylov kampaniyasi vaqtidayoq prezident bölsa, inauguratsiyadan bir kun ötib, sevimli şakarsiz kola çaqiradigan tugmani Oval kabinetga qaytarişdek muhim işni ham bir çekkaga surib, Ukrainadagi uruşni töxtatişini aytgandi. Ammo Tramp prezidentlikka qaytganiga 4 oy böldi. Oval kabinetga kola çaqiradigan tugma qaytdi, lekin uruş hali tugagani yöq. Buyuk strategligini aytayotgan Donald Jon Tramp aylanib, örgilib uruşni tugatiş uçun Qrim Rossiyaniki ekanini tan oliş kerak deb ötiribdi.
Tramp ma’muriyati uruş bir kunda tugamagaç özlarini oqlaş uçun eng oson yölga ötişdi-da, Jo Bayden boşlanişiga yöl qöyib bergan uruşni bir kunda tugatib bölmaydi, deyişdi. Vaholanki, Trampdan boşqa hamma şundoğam uruşni bir kunda tugatib bölmaydi deyotgandi.
Keyin yangi muddatlar paydo böldi. Xususan, Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunida uruşni tugatarkan degan gaplar çiqdi. Ammo yuz kunlik yubiley ham ötdi, uruş hamon davom etmoqda. Keyin ötgan hafta janob Tramp yetar endi, toqati toq böldi, hafta oxirigaça Rossiya öt oçişni töxtatiş böyiça aniq javob bermasa, biz oradan çiqamiz, deb Putinga uç kun muhlat berdi. Bu muhlat ham ötib ketdi, uruş tugagani yöq. Ruslar va ukrainlar zax okoplarda mantiqsiz uruş sabab ölişda davom etmoqda.
«Rossiya bilan kelişdik»
Şu kunlarda Tramp AQŞ uruşni tugatiş böyiça Rossiya bilan kelişuvga erişganini aytdi: «Rossiya bilan kelişdik deb öylayman. Endi Zelenskiy bilan kelişiş kerak. U bilan kelişiş oson böladi deb öylagandim, bunday bölmayapti, lekin bu tabiiy hol. Ikki tomon bilan ham kelişuvimiz bor deb öylayman», dedi Tramp jurnalistlar bilan uçraşuv vaqtida.
Sözi davomida Tramp Putin va Zelenskiyni kuçli odamlar deb atadi. «Menimça, Londondagi uçraşuvlar yaxşi ötdi. Endi ikki odam, ikki kuçli odam kelişişi kerak. Şunda odam öldiriş tugaydi», dedi Tramp.











