Iqtisodiyot va moliya vazirligiga köra, Gulnora Karimova Şveytsariyaga noqonuniy olib çiqib ketgan mablağlardan 131 mln dollar qismini Özbekistonga qaytariş böyiça kelişuvga erişilgan. Şundan 97 mln dollari BMTning köp tomonlama trast jamğarmasi huzuridagi “Ishonch” jamğarmasiga kelib tuşgan. Uşbu mablağning 87 mln dollar qismi Özbekistonning ta’lim va soğliqni saqlaş sohalariga teng taqsimlangan.
Gulnora Karimovaning Şveytsariyada musodara qilingan aktivlarini mamlakatga qaytariş böyiça uşbu mamlakat hukumati bilan kelişuvlar imzolangani haqida bir neça bor xabar berilgan edi.
24 aprel kuni Olmaliq şahridagi matbuot anjumanida mablağlarning qançasi Özbekistonga qaytarilgani va nimalarga sarflanayotgani, jarayon qanday keçayotgani töğrisida ma’lumot berildi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fozilkarimov Gulnora Karimova Şveytsariyaga noqonuniy olib çiqib ketgan mablağlardan 131 mln dollar qismini Özbekistonga qaytariş böyiça kelişuvga erişilganini aytib ötdi. Şundan 97 mln dollari BMTning köp tomonlama trast jamğarmasi huzuridagi “Ishonch” jamğarmasiga kelib tuşgan. Uşbu mablağning 87 mln dollar qismi Özbekistonning ta’lim va soğliqni saqlaş sohalariga teng taqsimlandi.
Ma’lum qilinişiça, Özbekistondagi 231 ta tuğruq muassasalari uçun 23 turdagi 5 ming 841 dona zamonaviy tibbiy uskuna sotib olingan. 11 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari öqitilgan. Iqtisod qilingan mablağlar hisobidan yana 1 ming 400 dan ortiq tibbiy jihozlar olib kelinişi közda tutilgan. Bundan taşqari, ta’limga ajratilgan 43,5 mln AQŞ dollarining salkam yarmiga axborot texnologiyalari va ta’lim imkoniyatlarini oşiriş loyihasi işga tuşirilgan.
“Ikkinçi komponentimiz, yigirma uç yarimni aytdik. Keyin yigirma million AQŞ dollar miqdoridagi komponentimiz qolayapti. Uşbu komponentimiz doirasida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, Birlaşgan Millatlar taşkilotlari bilan birgalikda maktablarda yaşil va gender tamoyillariga asoslangan sanitariya-gigiyena tizimini modernizatsiya qiliş böyiça loyiha işlab çiqilmoqda” – deydi Otabek Fozilkarimov.
Rasmiyga köra, ajratilgan mablağlarga nima, qançaga sotib olingani nazorat qilib boriladi. Şuningdek, u kelgusida Şveytsariya va Belgiyadan olinişi kutilayotgan mablağlarga ham töxtaldi.
“Alohida veb-sayt yaratilgan, işonçli, havolalar ham berilgan va bundan keyin amalga oşirilgan işlarning hisoboti ham öşa saytimizda e’lon qilib boriladi. Demak bizning birinçi tranşimiz $131 mln. Keyingi tranşimiz esa $182 mln. Bundan taşqari, Belgiya hukumati bilan ham hozirda qaytariş böyiça işlar olib borilmoqda. U yerdagi mablağ $108 mln. Bu böyiça ham qöşimça axborot berib boramiz. Hali aniq emas. Hozir muzokaralar olib borilmoqda”










