Yaponiyadagi Fuji toğida işlovçi qutqaruvçilar bir kişini ikki marotaba qutqarişga majbur böldi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilişiça, 27 yoşli xitoylik talaba Fuji toğining çöqqisiga çiqiş uçun 3 ming metr balandlikka kötarilgan (Fuji balandligi — 3776 metr). Biroq oyoq kiyimi tagiga boğlab olinadigan tişli maxsus moslamasini yöqotib qöygani uçun u mustaqil pastga tuşa olmagan. Qutqaruvçilar omadsiz alpinistni vertolyot yordamida qutqargan.
Oradan ikki kun ötgaç, yigit toğda qolib ketgan şaxsiy buyumlari va smartfonini oliş uçun yana unga kötarilgan. Ikkinçi çiqiş ham omadsiz keçgan, talabada balandlikka çiqqanda kuzatiladigan kasallik belgilari paydo bölgan va uni yana qutqarişga töğri kelgan.
Şizuoka prefekturasi rahbariyati mavsumdan taşqari vaqtda Fujiga kötariliş xavfli ekanini eslatgan. Çunki yilning bu vaqtida ob-havo keskin özgarib, nafaqat havaskorlar, balki tajribali alpinistlarga ham xavf tuğdiradi. Toğga kötariliş mavsumi iyul oyidan sentabrga qadar davom etadi, bu vaqtdan taşqari u yerda instruktorlar ham, tibbiyot punktlari ham bölmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda köplab foydalanuvçilar talaba qutqaruvçilarni ovora qilgani uçun jarima tölaşi kerakligini yozmoqda, çunki u toqqa kötariliş böyiça barça qoidalarni buzgan holda harakatlangan.













