Inson huquqlari böyiça Özbekistonning 2030 yilgaça bölgan milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi”ga köra, loyihada:
- ijtimoiy ta’minotga taalluqli barça normalarni yagona hujjatda tizimga soliş;
- fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini tizimga soliş;
- ijtimoiy ta’minot prinsiplari va tuşunçalarini mustahkamlaş;
- ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş;
- aholining ijtimoiy farovonligi indeksini joriy qiliş masalalarini mustahkamlaş nazarda tutiladi.
Bunda, xalqaro standartlar va xorijiy tajribani örganiş asosida tegişli takliflar işlab çiqiladi.
Ijtimoiy himoyaga doir amaldagi qonunçilik maqbullaştiriladi hamda töğridan töğri amal qiluvçi Ijtimoiy himoya kodeksi loyihasi işlab çiqiladi va jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi.
Umumlaştirilgan natijalar asosida Özbekiston Respublikasining Ijtimoiy himoya kodeksi loyihasi belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi.
Şuningdek, tadbirkorlik faoliyati va inson huquqlarini himoya qiliş çora-tadbirlarini işlab çiqiş hamda uning samarali amalga oşirilişini ta’minlaş möljallangan.
Bunda, biznes va inson huquqlari böyiça milliy harakatlar rejasi qabul qilinadi.
Milliy harakatlar rejasi ijrosi böyiça doimiy monitoring örnatiladi. Monitoring natijalari yuzasidan umumlaştirilgan ma’lumot Oliy Majlis palatalari, BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasiga taqdim etiladi.











