Qirğizistonliklarni Ukrainaga qarşi uruşga yollaş bilan şuğullanganlikda ayblanayotgan Öşdagi “Rus uyi” xodimi va boşqa gumondorlar Rossiya rasmiylarining aralaşuvidan keyin tergov izolyatoridan qöyib yuborildi. Ularga nisbatan ehtiyot çorasi uy qamoğiga özgartirilgan.

Qirğizistonda Rossiya armiyasiga yollaş bilan şuğullanganlikda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsxonadan qöyib yuborildi.

Bu – Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari va Rossiya elçisi örtasidagi uçraşuvdan söng yuz berdi.

Ötgan hafta Öş şahrida joylaşgan “Rus uyi” xodimi Natalya Sekerina va yana uç kişi qirğizistonliklarni Rossiya armiyasiga yollaş bilan şuğullanganlikda ayblanib hibsga olingan va sud ularni 17 iyungaça hibsda saqlaşga qaror qilgan edi.

Ma’lum bölişiça, 25 aprel kuni uşlanganlardan ikki nafari, xususan Natalya Sekerinaga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi uy qamoğiga özgartirilgan. 28 aprelda qolgan ikki gumonlanuvçi ham tergov izolyatoridan qöyib yuborilib, uy qamoğiga ötkazilgan.

Bundan oldin, Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Qamçibek Toşiyev Rossiyaning Qirğizistondagi elçisi Sergey Vakunov bilan uçraşgani haqida xabarlar tarqalgandi. Qirğiz matbuotiga köra, 25 aprel kuni bölib ötgan uçraşuvda tergov qilinayotgan noqonuniy yollaş işi muhokama qilingan.

Natalya Sekerina – Qirğiziston fuqarosi. U “Rus uyi”da ştatdan taşqari xodim bölib işlagan. Undan taşqari, noqonuniy yollaş işi böyiça Öş hokimligi matbuot xizmati xodimi Sergey Lapuşkin, rossiyalik bloger Viktor Vasilev va ismi oşkor etilmagan yana bir şaxs ham ayblanmoqda.

Iş Qirğiziston Jinoyat kodeksining 416-moddasi bilan oçilgan. Bu moddaga köra, boşqa davlatlarning qurolli mojarolarida yoki davlat hokimiyatini ağdariş yoki hududiy yaxlitligini buzişga qaratilgan zöravonlik harakatlari uçun askar yollaş, ularni moliyalaştiriş, moddiy ta’minlaş, tayyorlaş taqiqlanadi. Bu modda böyiça aybdor deb topilganlar 7 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinadi.

Mazkur jinoyat işining oçilişi Moskvadagi jamoat hammomida qirğizistonliklar tahqirlanişi ortidan röy bergani bu göyoki Qirğizistonning javob çorasi ekani haqidagi gumonlarga sabab böldi. Ammo ayrim qirğiz naşrlari bu ikki holat örtasida boğliqlik yöqligini yozib çiqdi.

“