30 aprel kuni Isroilda kuçli örmon yonğinlari boşlandi. Bir neçta tuman aholisi evakuatsiya qilingan. Yonğinlar sabab poytaxt Tel-Avivni Quddus bilan boğlovçi Isroildagi eng asosiy avtomagistral yöl yopib qöyilgan. Quddusga aviareyslar bekor qilingan, Quddus va Modiyin örtasidagi poyezd qatnovi töxtatilgan.
Yonğin Quddus toğlari yaqinidagi Eştaol örmonida boşlangan. Qutqaruv xizmatlari «Yonğin zarbasi» rejimida işlamoqda. Bu rejim vaziyat nazoratdan çiqib ketişi ehtimoli oşgan vaqtda kuçga kiradi. Bu Isroil tarixidagi eng katta örmon yonğinlari bölayotgani aytilmoqda.
Olovni öçiriş uçun 100 dan ortiq öt öçiruvçi brigada, şuningdek, samolyot va vertolyotlar jalb qilingan. Öt öçirişga harbiylar va politsiya ham jalb qilingan. Isroil ofatni mustaqil bartaraf etişda qiynalgani uçun Gretsiya, Bolgariya, Xorvatiya, Italiya va Kiprdan yordam söragan. Gretsiya, Italiya va Xorvatiyadan yordam kuçlari yetib kelgan. Falastin milliy muxtoriyati ham öz yordamini taklif qilgan. Yonğin sabab Isroil mustaqillik kuni munosabati bilan rejalaştirilgan tadbirlar bekor qilingan.
Kuçli şamol yonğin avval ğarbga, keyin şarqqa tarqalişiga sabab bölgan. Havo issiqligi öt öçiruvçilar işini qiyinlaştirgan.
Isroil tomoni yonğin atay uyuştirilgani haqida versiyani yozmoqda. Isroil naşrlariga köra avvalroq HAMASga aloqador Telegram-kanallarda Quddus va Ğarbiy sohilda yonğin uyuştirişga çaqiriqlar yangragan. Yonğin taşkillaştirişda gumonlanib uç kişi qölga olingan.
1 mayga kelib Isroilni sohilböyi hududlar bilan boğlaydigan şosse oçilgani xabar qilinmoqda. U yerda yonğindan qörqqan odamlar maşinasini taşlab qoçgaç, harakat çeklangandi.
Yonğin 2 ming gektar maydonga tarqalgani aytilmoqda. Mamlakatdagi eng katta milliy boğlardan hisoblangan «Kanada parki» butkul yonib ketgan. Hozirça isroillik öt öçiruvçilar yonğinni jilovlay olgani yöq.











