Özbekistonda oxirgi 3 oyda mahalliy aviaqatnovlar uçun çiptalar narxi 74 foizga kötarildi. Statistika qömitasining oylik inflatsiya hisobotlaridan kelib çiqadigan bu ma’lumotga iqtisodçi Otabek Bakirov e’tibor qaratdi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, aviaçiptalar narxi sönggi oylarda quyidagiça oşgan:

  • fevral oyida – içki yönalişlarda 1,6 barobarga, xalqaro yönalişlarda 1,9 foizga;
  • mart oyida – içki yönalişlarda 3,9 foizga, xalqaro yönalişlarda 4,8 foizga;
  • aprel oyida – içki yönalişlarda 4,9 foizga, xalqaro yönalişlarda 5,3 foizga.

Şu tariqa, bu davrda parvoz çiptalari narxi içki yönalişlarda 74,4 foizga, aviaqatnovlar örtasida raqobat kuçliroq xalqaro parvozlarda esa 12,45 foizga kötarilgan.

Statqöm ma’lumotlariga köra, 2025 yil aprel oyida inflatsiya 0,7 foizni, yillik inflatsiya 10,1 foizni taşkil etgan.

Yanvar–aprel oylaridagi örtaça oylik inflatsiya 0,7 foiz bölib, bu 2023 yilda 0,8 foiz, 2024 yilda esa 0,6 foiz edi.

Ötgan oyda xizmatlar örtaça 1 foizga, tovarlar 0,6 foizga, oziq-ovqatlar 0,8 foizga qimmatlagani qayd etilgan. Oziq-ovqatlardan asosan göşt va yoğ narxlari ösgani kuzatilgan.

Aprelda avtomobil va temiryöl transportida yölovçi taşiş narxlari 1,3 foizga ösgan. Avtotransportlar uçun metan 2,6 foizga qimmatlagan bölsa, benzin 0,4 foizga, propan 8,7 foizga arzonlagani qayd etilgan.

Aprel oyidagi inflatsiyada axborot va aloqa bölimidagi narxlar sezilarli oşgani muhim öringa ega. Ötgan oyda bu bölimda narxlar 1,4 foizga, yil boşiga nisbatan 3,6 foizga, oxirgi 12 oyda esa 6,6 foizga qimmatlagan. Uşbu inflatsiya mobil aloqa xizmatlari tariflarining örtaça 2,5 foizga oşişi bilan boğliq.