Samarqand viloyati Payariq tumanida tadbirkorning mulki sudning hal qiluv qarori kuçga kirmasdan içidagi texnikalari bilan birga buzib taşlangani töğrisida xabar berilgandi. Tuman hokimi, prokurori va boşqa mas’ullar manzilga borişgan, avtogreyderni binoga tirab qöygan, hokim haydovçiga “Bos! Tozala!” deya topşiriq bergan. Fuqaroga binodagi texnikalarini olib çiqiş imkoniyat ham berilmagan, öz mulkini himoya qilişga qaratilgan harakatlari uçun huquqbuzarga çiqarilib, 10 sutkaga qamab qöyilgan.

Uşbu holatda oilaning yana uç a’zosi ham jinoyat işlari böyiça Payariq tuman sudining 2025 yil 23 apreldagi qaroriga asosan MJtKning 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ayblanib, 750 ming sömdan 1 mln 875 ming sömgaça jarimaga tortilgan.

Apellyatsiya tartibida kiritilgan şikoyat Samarqand viloyat sudida körib çiqilib, 25 apreldagi qaror bilan qanoatlantirilmasdan qoldirilgan edi.

Mazkur iş 1 may kuni Oliy sudda taftiş tartibida qayta körib çiqildi va quyi sudlarning qarorlari özgartirildi.

Jumladan, Islom Qobilovning harakatlarida MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud emasligi sababli MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan (ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yöq bölsa) iş yuritişdan tugatildi.

Unga MJtK 194-moddasining 1-qismi bilan tayinlangan 1 mln 875 ming söm jarima jazosi özgartirilib, 750 ming söm jarima jazosiga, MJtK 61-2-moddasining 1-qismi bilan tayinlangan 1 mln 125 ming söm jarima jazosi 375 ming söm jarima jazosiga keltirildi. Islom Qobilovga MJtKning 34-moddasi tartibida 750 ming söm jarima jazosi tayinlanib, darhol qamoqdan ozod qilinişi belgilandi.

Bundan taşqari, Oliy sud qarori bilan Qobilovning otasi Toşpölat Qobilovga tayinlangan 1 mln 875 ming söm, ayoli Gözal Örolovaga tayinlangan 750 ming va ukasi Bahrom Raimovga tayinlangan 1 mln 125 ming söm ma’muriy jarimalar kamaytirilib, har biriga 375 ming sömdan jarima qöllanilişi belgilandi.