Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor vazifalariga bağişlangan yiğiliş boşlandi.

“Xorazm – şonli tariximiz bilan yangi islohotlarimiz tutaşgan çorraha, desak mubolağa bölmaydi. Logistika zanjirlaridan uzoqda, tabiiy resurslari çeklangan bu diyorda ötgan yili “Kiçik va örta biznes yili” böldi, deyiş uçun barça asoslarimiz bor”,  - dedi davlat rahbari. 

2024 yili viloyatda 7 ming yangi tadbirkor iş boşladi, 47 ta korxona kiçikdan örtaga ötdi, 10 dan ortiq tadbirkorning aylanmasi 200 milliard sömdan oşdi. Bularning hisobiga viloyatda bir yil içida 290 ming aholi işli böldi.

Lekin, katta özgarişlarga qaramasdan viloyatda kambağallik hali ham 12 foiz atrofida, 45 ming fuqaro işsiz ekani, aylanmasi 1 trillion sömdan oşgan atigi 1 ta korxona borligi qayd etildi.

Şu bois, viloyat rahbariyati, 13 ta tuman hokimi har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, yangi iş örinlari yaratişi, sanoat, servis, turizm, qişloq xöjaligi, eksport salohiyatini yanada oşiriş, ijtimoiy soha va infratuzilmadagi muammolarni hal qiliş uçun qat’iyat va mas’uliyat bilan harakat qilişi şartligi körsatib ötildi.

Mamlakatimizda turizm eksporti salohiyati 10 milliard dollar bölsa, şuning 2 milliard dollari aynan Xorazmga töğri kelişi ta’kidlandi. Lekin bu töliq işga solinmayotgani qayd etildi. Ötgan yili faqat 1,3 million xorijiy turist kelgan va eksport 400 million dollarga ham yetmagan.

Vaholanki, mas’ullarda Xorazmni mintaqadagi yetakçi turistik markazlardan biriga aylantiriş uçun imkoniyatlar yetarli ekani qayd etildi.

Viloyatda jami 263 ta madaniy meros obekti mavjud. Bundan samarali foydalanib, turizm xizmatlarini taşkil etayotgan tadbirkorlar köp. Lekin, Xiva şahri, Xiva va Yangiariq tumanlari hokimlari salohiyati yuqori 14 ta obektni tadbirkorlar bilan turistik maskanga aylantiriş böyiça işlamayotgani körsatib ötildi.

Şu bilan birga, Xorazmdagi köplab madaniy yodgorliklar hali örganilmay turibdi. Hazoraspdagi “Sulaymon qal’a”, Boğotdagi “Qalajik qal’a” kabi tarixiy maskanlar, Yangiariqdagi “Xon boği”, “Olma otişgan qal’a” tarixiy obektlari haqida ma’lumot kam.

Şu maqsadda taşkil etilgan Özbekiston tarixçilar jamiyatining Xorazm bölimi faoliyati davlat budjetidan ta’minlanişi belgilandi.

Mutasaddilarga çet eldan tajribali arxeologlarni jalb qilib, tarixiy obidalarni aniqlaş va tiklaş böyiça amaliy işlarni boşlaş topşirildi.