Unda vazir Hilola Umarova boşçiligidagi Özbekiston Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz şahrida bölib ötgan Human Capability Initiative–2025 xalqaro forumida iştirok etgani ma’lum qilingan.

Uşbu muhim tadbir dunyoning turli burçaklaridan kelgan iştirokçilarni ta’lim, iqtisod va texnologiya sohalaridagi dolzarb masalalarni muhokama qiliş, şuningdek, uşbu muammolarga innovatsion yeçimlarni topiş uçun birlaştirdi. Özbekiston uşbu tadbirga Markaziy Osiyodan taklif etilgan yagona davlat böldi.

Forum doirasida Özbekiston Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki örtasida 40 million AQŞ dollari miqdoridagi grant şartnomasi imzolandi.

"Mazkur loyiha Özbekiston böylab 58 ta yangi inklyuziv maktabni quriş, maktablarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlaş, pedagog kadrlar malakasini oşiriş dasturlari, inklyuziv ta’limni rivojlantiriş, öquv dasturlarini takomillaştiriş va maktabgaça ta’lim sifatini oşiriş kabi vazifalarni qamrab oladi", – deyiladi maqolada.