Tailandda erkak Sibir kuydirgisidan vafot etdi, deb xabar bermoqda Bangkok Post.
«Bemorning öng qölida jarohat bor edi, öng qöltiq ostidagi limfa tugunlari esa şişib ketgandi. Kasallik tarixida u xom mol göşti iste’mol qilgani körsatilgan. Dastlabki taşxis septik şokka işora qilgan, Tibbiyot fanlari departamentining laboratoriya tadqiqotlari bölsa Sibir kuydirgisini keltirib çiqaradigan Bacillus anthracis bakteriyasi mavjudligini körsatdi», — deyiladi xabarda.
Tailand Kasalliklarni nazorat qiliş departamenti uşbu holat mamlakat şimoli-şarqidagi Mukdaxan provinsiyasida yuz berganini tasdiqlagan. 53 yoşli erkak infeksion kasallikni diniy bayram vaqtida yegan mol göştidan yuqtirib olgani taxmin qilinmoqda.
2 may kuni Mukdaxan provinsiyasida yana bir kişida Sibir kuydirgisi aniqlangan.
«Aniqlangan holatlardan biri ölim bilan yakunlandi. Ijobiy natija OT-TsR usuli orqali tasdiqlandi. Ehtimoliy yana ikki bemorning test natijalari ertaga e’lon qilinişi kutilmyapti», — deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, mamlakatda 638 kişi özlarining laboratoriya tahlili natijalarini kutmoqda. Ularning 36 nafari çorva mollarini söyiş bilan şuğullangan, 472 nafari xom göşt iste’mol qilgan, 130 nafari ular bilan aloqada bölgan.
Avvalroq Pitsburg universiteti olimlari Sibir kuydirgisining sönggi bosqiçlarini davolaşda yutuqqa erişib, hujayralarning yakuniy şikastlanişini qaytariş imkoniyatiga ega usulni işlab çiqqani töğrisida xabar berilgandi.









