Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi
Hozirda bola go‘daklar uchun mo‘ljallangan bolalar uyiga joylashtirilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketgani to‘g‘risida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat alohida nazoratga olinib, ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra 21 yoshli ayol 7 oylik farzandini Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi mahalla ko‘chasida tashlab ketib, o‘zi yashiringan.

Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bola tumandagi go‘daklar uchun mo‘ljallangan bolalar uyiga joylashtirilib, unga zarur bo‘lgan parvarish ko‘rsatilmoqda.
«Sirdaryo viloyatida yashovchi ayolning shaxsi aniqlanib, uning o‘z farzandiga nisbatan sodir etgan g‘ayriqonuniy harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda. Bu haqda qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga sud hukmi o‘qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026