BAA maktablarida yangi öquv yilidan boşlab sun’iy intellektni örgatiş böyiça fan paydo böladi. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.

Qayd etilişiça, sun’iy intellekt boğçadan boşlab 12-sinfga qadar barça davlat ta’lim muassasalarida örgatiladi. Mamlakat boş vaziri şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktumning ta’kidlaşiça, uşbu qadam bolalarni yangi dunyodagi hayotga tayyorlaş uçun zarur.

Ta’lim vaziri Sora Bint Yusuf Al-Amirining sözlariga köra, fan doirasida öquvçilar ma’lumotlar va algoritmlarni, amaliy dasturiy ta’minotlar, sun’iy intellektda etika, SI ilovalari, SIga asoslangan innovatsiyalar, SI siyosati va ijtimoiy özaro aloqalarni örganadi. Şuningdek, ular sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarni işlab çiqiş bilan ham şuğullana oladi.

«Maqsadimiz sun’iy intellektni texnik jihatdan çuqur tuşunişni ta’minlaş, şuningdek, uning imkoniyatlari va xavflariga ongli munosabatni şakllantirişdan iborat. Yangi avlodni biznikidan tubdan farq qiladigan şaroitlarda yaşaşga tayyorlaşimiz kerak», — dedi boş vazir.

Ta’kidlanişiça, uşbu qaror BAAning iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş va neft sektoriga qaramlikni kamaytiriş böyiça keng kölamli strategiyasining bir qismidir. Mamlakat raqamli texnologiyalarga faol sarmoya kiritib, dunyo sun’iy intellekt markazlaridan biriga aylanişga intilmoqda.