Kanada Rossiyaning An-124 «Ruslan» yuk samolyotiga bölgan huquqni özlaştiriş va uni Ukrainaga topşiriş işi böyiça oldinga siljidi, deb xabar berdi INsauga.
«Kanada boş prokurori 2025 yil 18 mart kuni Ontario Oliy sudiga samolyotni musodara qiliş töğrisida ariza bilan murojaat qilib, jarayonni boşladi», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2022 yil fevral oyida Rossiyaning «Volga-Dnepr» yuk aviakompaniyasi An-124 samolyotida Xitoydan Torontoga COVID-19 testlarini yetkazib bergan edi.
Keyinçalik «Ruslan» Kanadani tark etişi kerak edi, biroq Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin samolyot kanadaliklar tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli hibsga olindi. Şundan beri samolyotga egalik qiliş huquqi kanadaliklar va ruslar örtasida davom etayotgan sud jarayoniga sabab bölmoqda.
Bu vaqt davomida samolyot «Toronto Pirson» xalqaro aeroportining «diqqatga sazovor» obektiga aylandi.
2023 yil aprel oyida Kanada samolyotni Ukrainaga topşiriş niyatida ekanligi ma’lum böldi. Ukraina boş vaziri Denis Şmigal sözlariga köra, Kiyev An-124 samolyotini musodara qilişga allaqaçon tayyorgarlik köra boşlagan.
An-124 - Antonov konstruktorlik byurosi tomonidan işlab çiqilgan sovet transport samolyoti. U dunyodagi eng yirik yuk samolyotidir. «Ruslan» uzunligi 69 m, qanotlari uzunligi 73 m, yuk kötariş quvvati 120 tonna, maksimal tezligi 865 km/soat.
Samolyot birinçi parvozini 1982 yil 24 dekabrda Kiyevda amalga oşirdi. Hammasi bölib 56 ta maşina işlab çiqildi.












