Buyuk Britaniyada ayol dam oliş kuni işdan böşatib yuborilgani uçun kompaniyani sudga berib, unda yutib çiqdi. Sobiq iş beruvçi Joann Nilga 25 ming funt sterling tölaydigan böldi, deb yozadi The Telegraph.

Qayd etilişiça, dam oliş kuni ayolga işxonasidan videoaloqa orqali uçraşuv ötkazilişi töğrisida xabar kelgan. Suhbat vaqtida kompaniya menejeri unga ayol qisqartiriladigan xodimlar röyxatiga tuşganini ma’lum qilgan. Şu bilan birga, Joannga savol beriş yoki qaror ustidan şikoyat kiritiş imkoniyati taqdim etilmagan.

Nil sudga murojaat qilib, işdan bu usulda böşatiliş uning ruhiy holatiga salbiy ta’sir körsatganini bildirgan. Sudya Liz Ordning ta’kidlaşiça, uçraşuv haqida keç ogohlantiriş va uning mazmunidan bexabar böliş Joanni noqulay vaziyatga solib qöygan.

Britaniyalik ayolga 2022 yilda u rahbariyatdan soğliğidagi muammolar tufayli haftasiga ikki kun uydan işlaşga ruxsat söragani yordam bergan. Kompaniya Nilning sörovini rad etgan, şuningdek, uning kasallik ta’tilini oliş imkoniyatini ham çeklagan.

Janubiy London sudi mazkur holatni jinsiy kamsitiş deb tan olgan, çunki qisqartiriş iş jadvaliga boğliq holda amalga oşirilgan. Statistik ma’lumotlarga köra, ayollar erkaklarnikiga qaraganda töliq bölmagan iş kunida işlab kelgan. Sud kompaniyaga ayol ma’naviy zarar körgani va daromaddan quruq qolgani uçun 25 ming funt sterling tölaş majburiyatini yuklagan.