7 mayga ötar keçasi Kaşmirning Pokistonga qaraşli qismida portlaşlar yuz berdi. Guvohlarning aytişiça, yarim tundan keyin Muzaffarobod şahri atrofiga raketa zarbalari berilgan.
Portlaşlardan keyin şaharda elektr energiyasi ta’minoti uzilgan.
Hindiston hukumati Pokistondagi «terrorçilik» infratuzilmalariga qarşi zarbalari berganini ma’lum qildi. Ta’kidlanişiça, Hindiston «Sindur operatsiyasi» doirasida töqqizta obektga hujum qilgan. Ma’lumotlarga köra, hind tomoni «yer-yer» sinfidagi ballistik raketalardan foydalangan.
«Hindiston Qurolli kuçlari terrorçilar lagerlariga aniq zarbalarni amalga oşirdi. Pokiston harbiy obektlari hujumga uçramadi», — deyiladi Hindiston Mudofaa vazirligi xabarida.
Pokiston Mudofaa vazirligi Hindiston mamlakat hududiga raketa zarbalari yöllaganini tasdiqladi. Öz navbatida Pokiston «javob çoralari körilişini» ta’kidladi.
Pokiston öz havo makonini barça reyslar uçun 48 soatga yopmoqda.
Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar uruş yoqasiga kelib qolgan. 22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatidagi sayyohlar orasida maşhur bölgan Pahalgam şahrida qurollangan jangarilar 26 kişini öldirdi. Uşbu terakt uçun Kaşmirning Pokiston nazorati ostidagi hududida joylaşgan jangarilar guruhi javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Hindiston hukumati hodisa yuzasidan qisman aybni Pokistonga yukladi. Şundan söng Hindiston Pokiston bilan çegarani yopdi va Pokiston fuqarolaridan mamlakatni tark etişni talab qildi.












