Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda endilikda birlamçi böğinda tibbiy xizmat sifatini oşiriş böyiça yangi tizim bölişini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Bugungi yiğilişda körib çiqiladigan masalalar böyiça salkam ikki yil tayyorgarlik körilgani, xorijning ilğor tibbiyot markazlaridan ekspertlar jalb qilingani ta’kidlandi.
«Agar birlamçi böğin, raqamlaştiriş va suğurtani joyiga qöysak, tibbiyot xodimlarini bilim va amaliy könikmasini yaxşilasak, muhimi, aholining tibbiy madaniyatini oşirsak, şuning özi orqali közlagan maqsadlarimizga erişamiz», –dedi prezident.
Endilikda birlamçi böğinda tibbiy xizmat sifatini oşiriş böyiça yangi tizim bölişi belgilandi. Prezident buni Iştixon tumanidagi bitta poliklinika misolida çuqur tahlillar asosida tuşuntirib berdi.
Iştixondagi «Özbekiston» nomli poliklinikaga 7 ta mahalla biriktirilgan. Lekin 6 nafar oilaviy şifokor 9 ta ştatni band qilib, yuklamani eplay olmayapti. Bu poliklinikada yana 6 ta vraç ştati böş. Kafolatlangan paketga zarurati puxta öylanmasdan 90 turdagi dori kiritilgani bois poliklinikaga buning yarmi ham kelmayapti. Poliklinikadagi laboratoriya tahlilini birorta şifoxona tan olmaydi.
Eng köp murojaat bolalar kasalliklariga töğri kelgani bilan, oilaviy şifokorlarda könikma yetişmagani uçun ular pediatr vazifasini töliq bajara olmayapti. Tuğruq yoşidagi 9 ming ayol uçun bor-yöği 1,5 stavka ginekolog ştati berilgan.
Aholining 35 foizi yurak-qon tomir, qandli diabet, oşqozon-içak kabi surunkali kasalliklarga çalingan. Bunday kasalliklarni erta aniqlaş, profilaktika qiliş va asoratlarini kamaytiriş böyiça tibbiyot brigadalarining işi körinmayapti. Şu bois, uşbu tizim özgarişi belgilandi.
Endilikda tibbiyot brigadasi hamda unga biriktirilgan aholi örtasida huquq va majburiyatlarni belgilovçi ikki tomonlama şartnoma tuziladi. Aholi oilaviy şifokorni erkin tanlaydi, bu jarayonlarga xususiy oilaviy şifokorlar ham jalb etiladi.
Tibbiy yordamning kafolatlangan paketi tasdiqlanadi va paket doirasida tibbiy xizmat va dori vositalari töliq budjetdan qoplanadi. Şuningdek, poliklinikada akuşer-ginekologlar 2 baravar köpayadi. Har 3 ming bola uçun bittadan pediatr ştati yangidan qöşiladi.
Bundan buyon birlamçi böğinda yarim yoki 0,25 stavka bölmaydi. Barça şifokor va hamşiralar faqat töliq stavkada işlaydi. Umuman, tumandagi mahalla va oilaviy şifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar faoliyati maqbullaştirilib, 12 mingdan köp odamga xizmat qiladigan 7 ta yirik poliklinika, qolgan 27 tasi kiçik poliklinika sifatida qaytadan taşkil qilinadi.













