Sönggi kunlarda SSSR tomonidan «Venera-8» missiyasi doirasida uçirilgan «Kosmos-482» sayyoralararo kosmik apparatning yerga qulaşi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Ayrim manbalar apparatning qulaş nuqtasi Markaziy Osiyo davlatlari hududiga töğri kelişini taxmin qilmoqda.

Xöş, ularning orasida Özbekiston ham bölişi mumkinmi va bu qançalik xavfli jarayon? «Özbekkosmos» agentligi Yangi texnologiyalarni tatbiq qiliş bölimi boşliği Ahror Agzamov mazkur hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Haqiqatan ham 1972 yil 31 mart kuni sobiq Sovet Ittifoqining «Venera» dasturi böyiça «Kosmos-482» sayyoralararo kosmik apparati fazoga uçirilgan. Biroq raketa-taşuvçining yakuniy bosqiçi muvaffaqiyatsiz işlaşi oqibatida u Yer orbitasida qolib ketgan.

Taxminiy hisob-kitoblarga köra, apparatning yerga qulaşi 9-11 may kunlariga töğri kelişi mumkin. «Kosmos-482»ning aniq qayerga qulaşini aytiş biroz muşkul. Uning Özbekiston hududiga tuşişining ehtimoli esa hozirça 0,3-0,5% oraliğida baholanmoqda – ya’ni 1 foiz ham emas.

«Apparatning katta qismi atmosferaga kirişi bilan yonib ketsa-da, Veneraning oğir şaroitlarida qöniş va işlaş uçun möljallangan yarim tonnaga (480 kg) yaqin massali titan şari alohida xavf tuğdiradi. Bu komponent yer atmosferasiga kirişda omon qoladi va butunlay qulab tuşadi», deyiladi agentlik bayonotida.

Kosmik apparatning paraşyut borligiga qaramay, u koinotda 53 yil qolganidan keyin paraşyut işlamasligi mumkin. Qurilmaning yerga uriliş tezligi esa soatiga 500 kmgaça yetişi kutilmoqda. Agentlik, bunday holat yuz bersa qulagan kosmik kemaning qoldiqlariga tegmaslikni maslahat berdi.

«Bölaklar topilgan taqdirda, bu haqda zudlik bilan rasmiylarga xabar beriş va heç qanday holatda apparat qoldiqlari bilan aloqada bölmaslik tavsiya etiladi, çunki ular tarkibida xavfli kimyoviy moddalar bölişi mumkin», deyiladi rasmiy manbada.

Venera missiyalari

Zuhro sayyorasi (Venera) Quyoş sistemasida Merkuriydan keyin 2 tartibda joylaşgan, yerga eng yaqin keladigan va eng ravşan körinadigan sayyora. Venera insoniyat tomonidan eng köp tadqiq qilingan yulduz hisoblanadi.