«Ta’lim sohasida loyihalar markazi» loyiha ofisi negizida Prezident Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi taşkil etiladi. Davlat rahbarining bu boradagi tegişli farmoni qabul qilindi.

Farmonda belgilanişiça, agentlik örta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, şuningdek, kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning masalasini oşiriş, malakalarni baholaş sohalarida taşqi sifat nazoratini amalga oşiruvçi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Milliy malaka tizimini rivojlantiriş instituti agentlik tizimiga ötkaziladi.

Agentlik direktori prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi hamda uning maqomi prezident maslahatçisi örinbosariga tenglaştiriladi.

Şuningdek, 2025 yil 1 iyuldan boşlab yangi taşkil etiladigan ta’lim taşkilotlari faoliyatini yölga qöyiş quyidagi ikki bosqiçda amalga oşiriladi:

birinçi bosqiçda faoliyatni boşlaş uçun örta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim taşkilotlari örnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş ta’lim taşkilotlari xabardor qiliş tartibida taşkil etiladi;

ikkinçi bosqiçda ta’lim taşkilotlarining kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladigan ta’lim dasturlari (kasblar, ta’lim yönalişlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar) maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziladi. Bunda:

  • maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötmagan ta’lim dasturlari böyiça ta’lim oluvçilarni öqişga qabul qilişga yöl qöyilmaydi;
  • maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötmasdan qabul jarayonini amalga oşiriş litsenziya talab va şartlarini qöpol ravişda buziş deb baholanadi va ta’lim taşkilotiga berilgan litsenziyaning bekor qilinişiga (faoliyati töxtatilişiga) asos böladi.