Joriy yilning  6 may kuni energetika xavfsizligi masalalari böyiça Özbekiston prezidenti maslahatçisi Alişer Sultonov raisligida kiçik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilişi loyihasini amalga oşirişga bağişlangan operativ ştab va ilmiy-texnik kengaşning qöşma yiğilişi bölib ötdi. 

Yiğiliş doirasida «Atomstroyeksport» AJ bilan tuzilgan şartnoma asosida amalga oşirilayotgan işlarning joriy holati aks ettirilgan taqdimot namoyiş etildi. Taqdimotda loyihalaş bosqiçlari, tayyorgarlik işlari va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlik masalalari atrofliça körsatildi. 

Iştirokçilar şartnoma majburiyatlarining aniq belgilangan muddatda bajarilayotganini ta’kidlab, reglamentga qat’iy rioya qiliş zarurligiga töxtaldilar şuningdek, quriliş-montaj bazasini taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi, jumladan, joriy tayyorgarlik bosqiçlari va kelgusi işlar rejalari muhokama qilindi. 

Şuningdek, yer bölimlarini ajratiş va taşqi infratuzilmani ta’minlaş masalalari körib çiqildi, bu esa mahalliy hokimiyat organlari va pudrat taşkilotlari bilan faol hamkorlikni talab qiladi.

Ilmiy-texnik kengaş tanlangan maydonda ötkazilgan muhandislik tadqiqotlari natijalarini körib çiqdi, bu natijalar loyiha hujjatlari uçun asos bölib xizmat qiladi va obektning yuqori xavfsizlik darajasini ta’minlaydi. 

Yiğiliş davomida Jizzax viloyati Foriş tumanida kiçik quvvatli atom stansiyasini joylaştiriş sxemasi tasdiqlandi, bu loyihani mintaqaviy ehtiyojlarga moslaştiriş va elektr energiyasi işlab çiqarişni optimallaştiriş imkonini beradi. 

Bundan taşqari, Özbekistonning tabiiy uran resurslaridan yadro yonilğisi işlab çiqarişda foydalaniş imkoniyati muhokama qilindi, bu loyihaning iqtisodiy samaradorligini oşiriş va mamlakatning energetik mustaqilligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Yiğiliş barça iştirokçilarning kiçik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilişi loyihasini muvaffaqiyatli amalga oşirişga tayyorligini tasdiqladi. 

Uşbu ştab Özbekiston prezidenti topşiriğiga köra loyiha iştirokçilarining özaro samarali hamkorligini ta’minlaş va kiçik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilişi bilan boğliq vazifalarni amalga oşiriş maqsadida taşkil etilgan.