Özbekiston prezidentining farmoni bilan E’zozxon Ğofurjonovna Karimova Özbekiston Respublikasi maktabgaça va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. 

E’zozxon Karimova nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

E’zoza Karimova 1973 yili Namangan viloyati Namangan tumanida tuğilgan. 1990–1996 yillarda Toşkent davlat universitetining falsafa fakultetida tahsil olgan.

Karimova 2021–2021 yillarda Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi bölimi boşliği, 2021–2023 yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatçisi lavozimlarida işlagan.

2023−2024 yillarda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi «Yangi Özbekiston» universitetining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektori vazifasida faoliyat yuritgan.

2024−2025 yillarda Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini ta’minlaş masalalari böyiça maslahatçisi vazifasida işlagan.

2025 yil mayida maktabgaça va maktab ta’limi vaziri örinbosari – Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti rektori etib tayinlangandi.

Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabridan buyon vazirlikka rahbarlik qilib kelgan Hilola Umarova 2025 yil iyunida prezident administratsiyasi rahbariga örinbosarlikka ötgaç, vazirlik lavozimi böş qolayotgandi.

Ma’lumot uçun, mazkur vazirlik rahbari eng köp özgaruvçi vazirliklardan biri bölib qolmoqda: Karimova sönggi ön yillik içida uşbu lavozimdagi beşinçi vazir böldi. 2013–2018 yillarda Uluğbek Inoyatov, 2018–2021 yillarda Şerzod Şermatov, 2021–2022 yillarda Baxtiyor Saidov, 2022–2025 yillarda Hilola Umarova uşbu vazirlikka rahbarlik qilgandi.