Buloqboşi tumanida sodir bölgan suv toşqini oqibatlari bartaraf etilmoqda. Hodisa joyida bölib turgan Andijon viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida aholiga yetkazilgan zarar qay tarzda qoplanayotganiga izoh berdi.

Janubiy Farğona kanali qirğoği öpirilişi oqibatida Buloqboşi tumanining ayrim mahallalarida suv toşqini yuzaga keldi. Hodisa joyiga yetib borgan Kun.uz muxbiri ayni manzilda bölib turgan viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonovdan qisqa izoh oldi.

«Işçi guruh orqali suv kirgan har bir xonadonda xatlovlarni amalga oşirdik. Nima zararlangan bölsa, hatto ekkan pomidoridan qança hosil kutayotganini bozor bahosida hisob-kitob qildik. Pullarni olib kelib qöydik, keçasi bilan xalqimizga pullarni tarqatamiz. Birorta inson norozi bölmaydi, hamma narsa joy-joyiga qöyib beriladi», — deydi Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov.

Viloyat hokimining ta’kidlaşiça, 150 ta xonadonga suv kirgan, kimningdir tomorqasi, boşqaning esa «navesi», molxonasi zararlangan.

Şuhrat Abdurahmonov şu bahona suv toşgan hududning yöllari asfaltlanib, namunali mahallaga aylantirilişini ma’lum qildi.

«Suv toşişiga sabab Özbekgidroenergo taşkiloti Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda 6,6 megavattli GES qurişni boşlagan. Suv kelayotgan kanalning çekkasida yemiriliş bölgan va şu yerdan suv çiqib ketgan. Hozir barça töğonlar mustahkamlandi, ertalab yana hamma narsasi qaytadan köriladi, mustahkam bölganidan keyin suvni oçib beramiz», — deydi hokim.

8 may kuni Andijon viloyati Buloqboşi tumani Sarvontepa mahallasi hududidan oqib ötuvçi Janubiy Farğona kanali qirğoği darz ketib, şikast yetdi. Oqibatda kanal suvi toşib, atrofdagi köçalar va aholi xonadonini suv bosdi. «Özgidromet» ma’lumotiga köra, xavfli gidrologik hodisaning kelib çiqişiga Janubiy Farğona kanaliga GES qurilişi sababli ortiqça suv taşlangani sabab bölgan.

«Özbekgidroenergo»ga köra, texnogen holatga «GES quriş maqsadida kanalga ortiqça suv taşlangani» emas, kanalga «loyihaviy suv ötkaziş qobiliyatidan köp suv kelgani» sabab bölgan.