Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9 may kuni Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etdi.

Qizil maydonda Ğalaba paradi bölib ötdi. Tadbirda Xitoy raisi Si Jinping, Braziliya prezidenti Lula da Silva, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy, belaruslik Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhamedov, Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va boşqalar ham qatnaşdi.
Paradda özbekistonlik harbiylar guruhi ham saf tortib ötdi.



«Ikkinçi jahon uruşidagi ğalaba millionlab insonlarning jasorati, matonati va fidoyiligi natijasidir. Bu uluğ maqsadga erişişda köp millatli Özbekiston xalqining ham salmoqli hissasi bor.
Uruş boşlangan paytda respublikamiz aholisi 6 million nafardan ziyod edi. Uruş yillarida ikki millionga yaqin özbekistonlik frontga jönatildi. 538 mingdan ziyod kişi jang maydonlarida halok böldi, 158 mingdan ortiği bedarak yöqoldi.
Körsatgan mardligi va jasorati uçun Özbekistondan 214 mingdan ziyod askar va ofitser jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. Vatandoşlarimizdan 301 kişi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor böldi, yana 70 kişi «Şuhrat» ordenining barça darajalari sohibi böldi.
Özbek xalqi mehnat borasida ham ulkan jasorat körsatdi. Mamlakatimiz frontning işonçli tayançiga aylandi: bu yerdan oziq-ovqat, kiyim-keçak, dori-darmon, qurol-yaroğ va boşqa zarur resurslar uzluksiz jönatib turildi. Qisqa muddatda Özbekiston hududida 170 dan ortiq evakuatsiya qilingan korxonalar joylaştirilgani mudofaa sanoatining uzilişlarsiz işlaşini ta’minladi.
Öşa oğir yillarda Özbekiston xalqi yuksak insonparvarlik namunasini körsatib, frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq kişini, jumladan, 250 mingdan ziyod yetim bolalarni qabul qildi», deyiladi Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
















