Hindiston harbiylari dron hujumlari muvaffaqiyatli qaytarilganini da’vo qilmoqda. Pokiston bu bayonotga hozirça izoh bermadi.

Hindiston payşanba kuni Pokistonni Hindistonning uçta harbiy bazasiga uçuvçisiz uçoqlar va raketa zarbalari berişga urinişda aybladi, biroq Pokiston mudofaa vaziri armiya bunga aloqador emasligini aytdi.

«Biz buni inkor qilamiz, biz hali heç narsa qilganimiz yöq. Biz zarba berib, keyin buni rad etmas edik», dedi Pokiston Mudofaa vaziri Xavaja Osif BBC'ga.

Payşanba kuni keçqurun Hindiston boşqaruvidagi Kaşmirning Jammu şahrida portlaşlar sodir bölib, butun mintaqada elektr ta’minotida uzilişlar yuzaga keldi.

Avvalroq, çorşanba va payşanba kunlari Hindiston va Pokiston transçegaraviy zarbalar berişda va bir-birini vaziyatni keskinlaştirişda ayblaşda davom etdi.

7 mayga ötar keçasi Hindiston ikki hafta avval sayyohlarning öqqa tutilişiga javoban Pokistondagi terroristik guruhlarga aloqador deb hisoblagan bir qança nişonlarga raketa va dronlardan zarbalar bergandi.