8 maydan 9 mayga ötar keçasi Samarqand şahri “Boğisaroy” MFY, Spitamen köçasida joylaşgan uylarning birida gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi sodir bölgani töğrisida FVBga xabar qilingan.
Şunga köra, yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etişga kirişgan.
Çaqnaş natijasida hosil bölgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulaşi oqibatida, 1,2,3-çi qavatlari va yertöla qismi zararlangan. Yonğin sodir bölmagan.
Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi işçi guruhi rahbarligida Samarqand viloyati FVB boşliği, Prokuratura, IIB, SSB, MG, «Hududgazta’minot» va tegişli FVDT xizmatlaridan tezkor ştab tuzilib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda. Bunga 10 ta asosiy va maxsus yonğin-qutqaruv texnikalar va FVDTning kuç, vositalari jalb etilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.













