Pokiston va Hindiston örtasidagi çegara hududlarida yuzaga kelgan beqaror vaziyat tufayli faqat 2025 yil 8–9 may kunlari HY461/462 reyslari (Toşkent—Lohur—Toşkent yönalişi) majburiy bekor qilinadi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Qayd etilişiça, bekor qilingan reys yölovçilari çipta narxini qaytarib oliş yoki jarimasiz tarzda boşqa sanalarga qayta bron qiliş uçun murojaat qilişlari mumkin.
«Aviakompaniya vaziyatni diqqat bilan kuzatişda davom etadi va qabul qilinadigan qarorlar haqida qöşimça ma’lumot beradi. Keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz va tuşunişingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Toşkent va Pokistonning Lohur şahri örtasida muntazam aviaqatnovlar ötgan yilning noyabr oxirlaridan boşlab yölga qöyilgan. Şuningdek, Uzbekistan Airways joriy yilning 14 iyundan boşlab Toşkent—Islomobod—Toşkent yönalişi böyiça muntazam aviaqatnovlarni amalga oşirişi töğrisida xabar berilgandi.













