Eron 11 may kuni Ömonda AQŞ bilan yadroviy dastur böyiça muzokaralarning törtinçi raundini ötkaziş taklifini qabul qildi. Bu haqda ismi oşkor etilmagan manbasiga tayanib, Tasnim agentligi xabar berdi.
Yadroviy dastur böyiça muzokaralar ötkaziş taklifi Ömon Taşqi işlar vazirligi tomonidan bildirilgan.
1 may kuni Ömon TIV Vaşington va Tehron örtasidagi muzokaralarning 3 may sanasiga rejalaştirilgan raundi «logistika sabablari»ga köra köçirilişini e’lon qilgandi. Maslahatlaşuvlarning uçinçi raundi 26 aprel kuni Maskatda bölib ötgan.
Tehron öz yadro dasturi faqat tinç maqsadlarga qaratilganini aytib keladi, biroq Xalqaro atom energetikasi agentligi ma’lumotlariga köra, Eron allaqaçon yuqori darajada boyitilgan uranning katta miqdoriga ega, bu esa unga qisqa vaqt içida yadroviy qurol yaratiş imkonini beradi. 2018 yilda, Donald Tramp özining birinçi muddatida AQŞni köp tomonlama yadroviy kelişuvdan olib çiqqanidan beri Eron yadroviy dasturi sezilarli darajada oldinga siljidi. Tramp Eron bilan kelişuvga erişilmasa, uşbu davlat bilan uruş bölişi mumkinligini istisno qilmayapti.
Avvalroq AQŞ Eron bilan yadroviy bitim böyiça muzokaralar doirasida Tehron özining yuqori boyitilgan uranini uçinçi davlat — masalan, Rossiyaga topşirişini taklif qilgani töğrisida xabar berilgandi.












