Pokiston tomoniga köra, mamlakatning turli şaharlariga hujum qilgan hindlarning 25 ta droni yöq qilingan. Hindiston ham raqibning dronlari va raketalarini «zararsizlantirgani»ni ma’lum qildi.

«Bu Hindistonning navbatdagi harbiy tajovuzi», – dedi Pokiston armiyasi rasmiy vakili Ahmad Şarif Çaudhri.

Öz navbatida, Hindiston tomoni ham öz hududiga uçib kelayotgan Pokiston dronlari va raketalarini «zararsizlantirgani»ni ma’lum qildi.

Shaheen-III örta masofali ballistik raketasi 2016 yil 23 mart kuni Pokiston kunida Islomoboddagi harbiy parad paytida namoyiş etilgandi. Foto: Getty Images

BBC harbiy qudratiga köra bu ikki davlat armiyalari nisbati qanday ekanini körib çiqdi.

Dronlar

Hindiston ötgan yili AQŞ Davlat departamenti bilan 31 ta dron (MQ-9B SkyGuardian jangovar dronlari va MQ-9B SeaGuardian (HALE) dengiz dronlari) sotib olişga kelişib olgan edi. 
General Atomics Aeronautical Systems

Ikkala davlat ham dronlar parkini kengaytirmoqda – ham import qiliş orqali, ham öz texnologiyalari va işlab çiqarişini rivojlantiriş hisobiga. Hindiston dronlar soni böyiça yetakçilik qilmoqda. Harbiy ekspert Rahul Bedi BBC bilan suhbatda aytişiça, bir neça yildan söng Hindiston armiyasida roppa-rosa 5000 ta yirik dron böladi.

2024 yilda Hindiston AQŞ Davlat departamenti bilan 31 ta dron – MQ-9B SkyGuardian rusumli jangovar dronlar hamda SeaGuardian rusumli dengiz dronlarini sotib oliş böyiça şartnoma imzoladi.

Pokiston Hindistonga qaraganda kamroq dronlarga ega bölsa-da, uning harbiy dronlari kuzatuv, razvedka va nişonga oliş kabi turli imkoniyatlarga ega.

Pokiston dronlarining asosiy afzalligi ulardan jangovar harakatlarda foydalaniş böyiça töplangan tajribadir. Xususan, Pokistonning Buraq rusumli uçuvçisiz uçoği 2015 yildan beri aksilterror operatsiyalarida qöllab kelinmoqda.