22 aprel kuni Kaşmirning Hindiston nazorat qiladigan qismida 26 sayyoh otib öldirilişi ortidan Hindiston va Pokiston örtasida uruş boşlanib ketdi. Raketalar uçdi, samolyotlar urib tuşirildi, daryolar tösib qöyildi. Vaziyat juda keskin. Quyida bu ikki davlat nega urişaverişi va qisqaça mojaro tarixini sodda tilda tuşuntirişga harakat qilamiz.
Asosiy muammo – Kaşmir
Demak, Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar ular mustaqillikni qölga kiritgan 1947 yildan buyon mavjud. Bosqinçi Britaniya imperiyasi hozir Hindiston, Pokiston va Bangladeş davlatlari joylaşgan hududdan 1947 yilda çiqib ketgaç, u yerlarda hindlar davlati Hindiston va musulmonlar davlati Pokiston tuziladi.
Bu böliniş yarimoroldagi odamlar uçun dahşatli böladi, rasmiy ma’lumotlarda kamida 700 mingdan ortiq odam ölgani aytiladi, lekin aslida qurbonlar çandon barobar köp bölgan. Çunki öşa böliniş vaqtida kamida 18 million odam uyini taşlab çiqib ketadi, keyinçalik ularning tört millioni qayerdaligi aniqlanmaydi.
1947 yil 15 avgust kuni Karaçida Pokiston davlati, Dehlida Hindiston davlati tuzilgani e’lon qilinadi. Pokiston musulmonlari 14 avgustni ham Hindiston, ham Britaniyadan ajralib çiqqani uçun mustaqillik bayrami sifatida nişonlaydi. Bir qaraşda hammasi joyida: musulmonlar alohida davlatiga ega bölib, Karaçiday körkam joyni poytaxt qilişadi, kattaroq yer buddani iloh deb biluvçi hindlarga qoladi – endi hamma öz yölidan ketaverişi mumkin, lekin...
Lekin yerga töymas inson öçközligi hamma eson-omon tarqalişiga yöl qöymaydi. Ikki davlat endi Kaşmirni talaşa boşlaydi. Bilmaganlar uçun aytib qöyay, Kaşmir dunyodagi eng mojaroli joy bölib, bir tomondan Hindiston, bir tomondan Pokiston, bir tomondan Afğoniston va «bonusiga» bir tomondan Xitoy bilan çegaradoş. Va bu beçora Kaşmir yerlariga Afğonistondan boşqa barça uç davlat da’vo qiladi.
Bosqinçi anglosakslardan qolgan yerda Hindiston va Pokiston davlatlari tuzilgan vaqtda Kaşmir alohida knyazlik bölgan va uni maxaradja hindlaridan bölmiş Xari Sinkx boşqargan. Bu birodar hind bölsa-da, Kaşmirda yaşovçilarning 77 foizi musulmonlar edi.
Kaşmirni talaşiş boşlangan bir vaqtda Pokistondagi musulmonlar katta kuç bilan knyazlikni qöşib oliş uçun kuraşga kirişadi. Bu yerlar musulmonlarniki, deydi ular. Egallab olgan yerlarida Ozod Kaşmir tuzilmasini taşkil etib, butun knyazlik Pokistonniki bölişini aytişadi.
Janob Sinkx esa birov bilan maslahat qilmay Kaşmir Hindistonga qöşilişini e’lon qilib, Hindiston hukumatidan öz qöşinlarini Kaşmir himoyasi uçun olib kirişni söraydi. Janobi Sinkxning bu işi uç yil oldin ikki odam bir odamga murojaat qilib qöşinlarini olib kirişni söraşini eslatib yuboradi. Mayli, Kaşmir mavzusidan çalğimaylik.












