Pokiston öz ittifoqçilari mojaroni diplomatik yöl bilan hal qilişga urinmaguniça Hindistonga qarşi javob qaytarişni istamaydi. Bu haqda Amerikaning CNN telekanali Pokiston hukumatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Telekanal manbasining ta’kidlaşiça, Pokiston Hindistonga hali raketa yoki uçuvçisiz samolyotlardan zarba bermagan. Hindiston rasmiylari, öz navbatida, Pokistondan hind nişonlariga zarbalar berilgani haqida aytgan.
Pokiston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Ahmad Şarif Çoudri bu ma’lumotlarni uydirma deb atadi. CNN manbasiga köra, Pokiston AQŞni sun’iy yöldoş tasvirlari tahlili orqali Hindistonning da’volarini tekşirişga undagan.
Qayd qilinişiça, AQŞ, Saudiya Arabistoni va boşqa davlatlar ziddiyatni kamaytiriş uçun mojaroning har ikki tomoni bilan hamkorlik qilmoqda. Telekanal suhbatdoşining ta’kidlaşiça, hozirgaça Pokiston va Hindiston örtasida töğridan-töğri aloqalar bölmagan va ma’lumotlar mamlakatlar örtasida «aylanma yöllar orqali» uzatilgan.
Ikki davlat örtasidagi mojaroning avj olişi Kaşmirda hind sayyohlariga uyuştirilgan hujumdan keyin boşlandi. Hindiston 7 mayga ötar keçasi Pokistondagi «terrorçilik infratuzilmasi» obektlariga zarba berdi. Pokiston hukumati 30 dan ortiq kişi halok bölganini xabar qildi. Hindistonning aytişiça, Pokiston hujumlarida 17 kişi halok bölgan.













