Eron va AQŞ muzokaraçilari 11 may, yakşanba kuni Ummon sultonligi poytaxti Maskatda Eron yadro dasturi böyiça muzokaralarni davom ettirdi. Eronning ISNA axborot agentligining qayd etişiça, bu muzokaralarning törtinçi bosqiçidir.
Uçraşuvda Tehrondan taşqi işlar vaziri Abbos Aragçi, Vaşingtondan esa maxsus vakil Stiv Uitkoff iştirok etmoqda. Törtinçi raund dastlab 3 mayga belgilangan edi, biroq «logistik va texnik sabablarga köra» qoldirildi, dedi Eron vaziri.
8 may kuni Uitkoff Breitbart News naşriga bergan intervyusida Qöşma Ştatlar Erondan uranni boyitişdan voz keçişni va yadroviy inşootlarini butunlay demontaj qilişni talab qilişini, aks holda Vaşington «boşqa yöldan borişiga töğri kelişini» bildirganini aytdi. Aragçi 10 may kuni Eron özining «yadroviy huquqlaridan» «heç biridan voz keçmasligini» ta’kidladi.
Avvalgi AQŞ-Eron maslahatlaşuvlari 12, 19 va 26 aprel kunlari Maskat va Rimda bölib ötgan. Donald Tramp 13-16 may kunlari Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga taşrif buyurmoqçi.












