AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Qatar qirollik oilasidan haşamatli Boeing 747-8 samolyotini sovğa sifatida qabul qilişga tayyorlanmoqda. Sovğa Tramp tomonidan Air Force One prezidentlik borti sifatida işlatilişi kutilmoqda. Uning muddati tugagunga qadar laynerga egalik huquqi Tramp prezidentlik kutubxonasi fondiga ötadi. Bu haqda 11 may, yakşanba kuni ABC News axborot xizmati manbalarga tayanib xabar berdi.
Sovğa haqida kelasi hafta Tramp Qatarga taşrif buyurganida e’lon qilinişi kutilmoqda. Biroq, topşirişning özi taşrif davomida amalga oşirilmaydi.
Oq uy rahbari köpinça «uçar saroy» deb ataladigan samolyotni fevral oyida Floridadagi Uest-Palm-Biç xalqaro aeroportida qisqa muddatga qönganida körgan.
Oq uy boş yuristi Devid Uorrington va Adliya vazirligi ekspertlarining fikriça, agar sovğa Mudofaa vazirligida röyxatdan ötsa va muddati tugaguniga qadar Tramp kutubxonasiga ötkazilsa, korrupsiyaga qarşi qonunlarni texnik jihatdan buzmaydi.












