Ukraina hukumati Rossiya, Xitoy, Eron, Belarus va Özbekistonda röyxatdan ötgan bir neçta kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu prezident Volodimir Zelenskiy tomonidan imzolangan farmonda közda tutilgan.

Umumiy röyxatda 67 ta Rossiya kompaniyasi bilan bir qatorda 7 ta xorijiy yuridik şaxs ham mavjud bölib, ularning 3 tasi Özbekistonda faoliyat yuritadi. Şuningdek, sanksiyalar röyxatiga Özbekistonning 1 nafar fuqarosi ham kiritilgan.

Sanksiyaga uçragan kompaniyalardan biri «Mercury Renaissance» MÇJ. Korxona 2016 yilda Toşkent şahrida davlat röyxatidan ötgan. Faoliyat turi – quriliş texnikasi va uskunalarini ijaraga beriş hamda lizing xizmatlari. Ta’sisçilari Möminov Rustam Rahimjanoviç (60 foiz) va Tojiyev Şahriyor Sahiyoroviç (40 foiz).

Ikkinçi kompaniya –«Raw Materials Cellulose» MÇJ Jizzax viloyatida joylaşgan bölib, qoğoz massasi va sellyuloza işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Ta’sisçilari Utkina Larisa Mixaylovna (76 foiz) va Bikova Larisa Rahimjonova (24 foiz).

Uçinçi kompaniya – sellyuloza işlab çiqariş bilan şuğullanadigan «Farğona kimyo zavodi» MÇJ. Mazkur korxona «Mercury Renaissance» tarkibiga kiradi.

Şuningdek, Ukraina hukumati bir vaqtning özida Özbekiston va Rossiya fuqaroligiga ega ekanligi ta’kidlanayotgan Rustam Möminovga nisbatan çeklovlar kiritgan.

Sanksiyalar 10 yil muddatga joriy etilgan bölib, Ukraina hududidagi aktivlarni muzlatiş, litsenziyalarni bekor qiliş, savdo kelişuvlari, madaniy almaşinuvlar, ilmiy sohadagi hamkorlikni töxtatişni nazarda tutadi.