E-Huquqshunos tizimi quyi böğindagi davlat idoralarining işini yengillaştirdi
|00:00 / 13.05.202580 68713 min
Adliya vazirligi tomonidan “Unicon-Soft” bilan hamkorlikda işlab çiqilgan tizim orqali davlat organlari va taşkilotlarining quyi böğinida yuridik masalalar böyiça iş yurituvi töliq raqamlaştirilib, qoğozbozlikka barham berildi. Natijada qabul qilinayotgan hujjatlarning sifati oşib, qonunlarga muvofiqligi ta’minlandi, jarayon avtomatlaşgani bois inson omili tufayli kelib çiqadigan xatolarning oldi olindi, uzluksiz texnik qöllab-quvvatlaş yölga qöyilgani hisobiga iş yuritiş osonlaşdi, demoqda foydalanuvçilar
Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boş maslahatçisi Musoxon Mehmonovning ta’kidlaşiça, E-Huquqshunos elektron tizimini joriy etilgunça bölgan davrda davlat organlari va taşkilotlari tomonidan yuridik tusdagi hujjatlarni qayta işlaş, ularga huquqiy xulosa tayyorlaş, talabnoma va da’vo arizalarini yuritiş kabi jarayonlari muvofiqlaştiruvçi yaxlit platforma mavjud bölmagan. Bu esa yuridik xizmatlar xodimlari tomonidan amalga oşirilgan işlarni yetarliça baholaş, xodimlar faoliyatini tahlil qilişga imkon bermagan.
“Davlat organlari tomonidan işlab çiqiladigan hujjatlar loyihalarini iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan ötkaziş, respublika miqyosida huquqni bir xil qöllaş masalasi hamişa dolzarb bölib kelgan. Şu maqsadda davlat organi va taşkilotlarida yuriskonsult lavozimi, yuridik xizmatlar faoliyati yölga qöyilgan edi. Biroq, turli obektiv va sub’yektiv omillar davlat organlari va taşkilotlarining tuman darajasidagi bölinmalariga talab darajasida yuridik xizmat körsatiş imkonini bermadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va taşkilotlariga yuridik xizmat körsatiş faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-5168-sonli qarori qabul qilinişi ortidan yuqoridagi muammo öz yeçimini topdi. Hujjatga köra, 2021 yil 1 oktyabrdan boşlab respublikaning barça tuman (şahar)larida yuridik xizmat körsatiş markazlari taşkil etildi.
Bu esa quyi böğindagi davlat organlari va taşkilotlariga sifatli va professional huquqiy xizmat körsatiş, iş yurituvidagi hujjatlarni birxillaştiriş imkonini berdi. Bundan taşqari, şu paytgaça yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan 21 mingdan ortiq davlat organi va taşkilotining tuman (şahar) bölinmalari, davlat umumta’lim maktablari, maktabgaça ta’lim taşkilotlari hamda köp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari qamrab olindi”, deydi Musoxon Mehmonov.
Bugungi kunda davlat idoralarining hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan ötkaziş va qabul qiliş jarayonlari “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oşirilmoqda. Natijada yuridik xizmat körsatiladigan quyi böğindagi davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlaş, ularga malakali yuridik yordam körsatiş, davlat taşkilotlarining mulkiy hamda boşqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qiliş amaliyoti şakllantirildi.
Mavzuga oid
“E-huquqshunos” tizimi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etmoqda:
20 ta vazirlik va idoralarning quyi böğinlari, davlat tasarrufidagi umumta’lim maktablari, maktabgaça ta’lim taşkilotlari hamda köp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga masofadan turib markazlaşgan, sifatli va professional yuridik xizmatlar körsatilmoqda;
elektron tizimga şartnoma, buyruq va boşqa yuridik tusdagi hujjatlar kiritilgan hamda ulardan erkin foydalaniş mumkin, bu esa yuridik ma’lumotga ega bölmagan xodimlarga qulay hisoblanadi;
taşkilotlar hamda yuridik xizmat körsatiş markazlari örtasidagi munosabatlar töliq elektron şaklda amalga oşirilyapti;
tizimda körsatilayotgan yuridik xizmatlar böyiça elektron statistika va boşqa hisobotlarni oliş avtomatlaştirildi;
talabnoma, da’vo arizalarini işlab çiqiş va yuritiş bevosita tizimning özida amalga oşiriladi;
qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalarida korrupsiyaviy omillarga yöl qöyilmayapti;
yuridik xizmat körsatiladigan taşkilotlarga nisbatan ötkaziladigan tekşirişlarda masofaviy tarzda iştirok etiş hamda ularga huquqiy maslahatlar bera oladi;
Adliya vazirligi tomonidan elektron tizim orqali tuman (şahar)larida yuridik xizmat körsatiş markazlarida işlayotgan har bir xodimning faoliyatiga baho berilişi uçun imkoniyat yaratilgan.
Musoxon Mehmonovga köra, yuqoridagi masalalar 2021 yilgaça katta muammo bölgan, aynan “E-huquqshunos” elektron tizimi joriy etilişi natijasida ularga yeçim topilgan.
Ta’kidlaş kerakki, “UNICON-SOFT” MÇJ tomonidan “E-huquqshunos” tizimiga ulangan respublikamizning 208 ta tuman va şaharlaridagi davlat organlari va taşkilotlariga ular joylaşgan hududning özida zarur texnik xizmatlar va kömak körsatilib kelmoqda. Buning uçun butun respublika miqyosida olti yuz nafardan ortiq xodim biriktirilgan.
Ötgan davr mobaynida Özbekistondagi davlat tasarrufidagi barça umumta’lim maktablari, davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari, köp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga “E-huquqshunos” tizimi orqali markazlaşgan yuridik xizmat körsatib kelinyapti. Şu paytga qadar uşbu muassasalarning mas’ul xodimlarini tizimdan tölaqonli foydalanişga örgatiş maqsadida muntazam ravişda öquv seminarlari ötkazildi, foydalanuvçilarning tizimdan erkin foydalanişi jarayonida yuzaga keladigan tuşunmovçiliklarni zudlik bilan hal qiluvçi mexanizm işga tuşirildi.
Bevosita raqamlarga töxtaladigan bölsak, “E-huquqshunos” tizimi orqali 2024 yil davomida respublikadagi barça yuridik xizmat körsatiş markazlarga jami 8 854 540 ta hujjat kelib tuşgan (mazkur raqam 2023 yilga nisbatan 13 foizga köp). Şundan ijobiy xulosalar – 8 360 320 ta (2023 yilga nisbatan 14 foizga oşgan), salbiy xulosalar – 87 237 ta (2023 yilga nisbatan 43 foizga kamaygan).
Keling, endi hujjatlarning elektron şaklda yuritilişi natijasida nimalar tejab qolinayotganini hisob-kitob qilib körsak. “E-huquqshunos” tizimi orqali hujjatlar elektron şaklda yuborilişi natijasida 2024 yil davomida tizim orqali qabul qilingan va körib çiqilgan 8 854 540 ta hujjat örtaça uç varaqdan iborat bölgan deb olinsa, taxminan 27 174 094 varaq (135,87 tonna) qoğoz sarflanişining oldi olingan (lekin köpinça hujjatlar bir yoki ikki varaqdan iborat bölmasligi, aksar hujjatlarning ilovalari bölişi, şuningdek, qoğoz şaklida hujjatlardagi kamçiliklarni ular bir neça marta çop etilişi inobatga olinsa, tejab qolingan qoğoz miqdori bundan ança köp ekani oydinlaşadi).
1 varaq qoğozni printerdan çiqariş uçun taxminan 0,01 kVt-soat energiya sarflanadi deb hisoblasak, 27 million varaqdan köproq qoğozni çop etiş uçun 271 mVt-soat elektr energiyasi tejalişi mumkin. Bugungi kunda davlat idoralarida eng köp foydalaniladigan uçtasi birda printerning katridji örtaça 1600 varaq qoğoz uçun möljallangan bölib, 27,1 mln varaq qoğozni çop etiş uçun katrijlarni qariyb 17 ming marta buyoq bilan töldiriş talab etilardi.
Şu bilan birga, elektron şaklda hujjatlar bilan işlaş orqali transport xarajatlari, arxivlaş va saqlaş bilan boğliq infratuzilma talablari ham qisqargan. Bu orqali davlat budjetiga va fuqarolarga qöşimça moddiy foyda keltirilgan.
Tizim faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan Adliya vazirligidan “UNICON-SOFT” MÇJga muntazam ravişda takliflar kelib turadi. Ana şu takliflar asosida 2023 yilda “E-huquqshunos” elektron tizimining yanada takomillaşgan, qöşimça imkoniyatlarga va qulay interfeysga ega yangi talqini işlab çiqildi. Joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyati barçaga tuşunarli bölişini ta’minlaş maqsadida yuridik xizmat markazlari hamda huquqiy xizmat körsatiladigan taşkilot xodimlari uçun “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalaniş böyiça videoqöllanmalar tayyorlanib, tizimga joylaştirildi.
Bundan taşqari, taşkilotlar tomonidan yuridik xizmat körsatiş huquqiy xulosalari ustidan elektron tizimi orqali şikoyat beriş va appelyatsiya tartibida körib çiqiş mexanizmi joriy qilindi. Mexanizmga köra, apellyatsiya tartibida körib çiqilgan şikoyatlarni asosli yoki asossiz ekanligini tasdiqlagandan söng markazlarga tizim orqali javob xati jönatiladi. Taşkilotlar şikoyatlarga berilgan javob xatlaridan norozi bölgan taqdirda tizim orqali töğridan-töğri Adliya vazirligiga murojaat qiliş imkoniyatiga ega.
Şu bilan birga, Adliya vazirligi taklifi asosida Yuridik xizmat körsatiş markazlari va yuridik xizmat körsatiladigan taşkilotlar örtasida xabar almaşiş uçun onlayn “çat” yaratildi. Mazkur çat yordamida tizim foydalanuvçilari özaro yozişişi, fayllar almaşişi mumkin.
“Dastlabki davrda yuridik xizmat körsatiş markazlari tomonidan 12 turdagi davlat organlari va taşkilotlarining tuman darajasidagi bölinmalariga xizmat körsatilgan bölib, elektron tizimning imkoniyatlari ham aynan şu 12 ta taşkilotga moslangan edi. Bugungi kunda esa markazlar tomonidan örtaça 100 dan ortiq taşkilotlarga xizmat körsatilmoqda.
Taşkilotlar sonining köpayişi tizimning quvvatini oşiriş, unda mavjud hujjatlar loyihalarining turini köpaytiriş taqozo qildi. “E-huquqshunos”ning yangilangan talqinida ana şu masalalar öz yeçimini topdi”, deydi Musoxon Mehmonov.
Adliya vazirligi taşabbusi bilan “E-huquqshunos” elektron tizimida hujjatlarning loyihalarini işlab çiqiş Meta usuliga ötkazilmoqda. Bu orqali davlat organlari va taşkilotlarining xodimlari yuridik tusdagi hujjat loyihasini tölagigaça işlab çiqmaydi. Balki loyiha böyiça kerakli bandlarnigina töldiradi. Qolgan jarayonlar avtomat ravişda amalga oşiriladi.
Bunda taşkilot tomonidan xodimning şaxsiy identifikatsiya raqami (JŞŞIR) kiritilganda kerakli barça ma’lumotlar avtomat ravişda şakllantiriladi. Qolaversa, tizim Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy, örta maxsus va professional ta’lim muassasalarini tugatganligi töğrisidagi diplom ma’lumotlar bazasi – “diplom.edu.uz” tizimi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining Yagona milliy mehnat “my.mehnat.uz” tizimi, “Davlat organlari va taşkilotlarining inson resurslarini boşqarişga oid faoliyatini raqamlaştiriş axborot tizimi – hrm.argos.uz, FHDYo ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilingan bölib, mazkur qulayliklar tufayli hujjat loyihasini işlab çiqiş hamda ularga xulosa berişga sarflayotgan vaqt tejalişiga xizmat qilmoqda.
Marğilon şahar adliya bölimi yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği Qahramon Ğiyosov “E-huquqshunos” elektron tizimi hujjatlar loyihalarining qonunlarga muvofiqligini tez va oson körib çiqiş imkonini berayotganini ta’kidlaydi.
“Elektron tizim orqali yuridik xizmat körsatiladigan taşkilotlar bilan masofaviy işlaş yölga qöyilgan. Platformada foydalanuvçilarning barça harakatlari röy-rost körinib turadi, bu esa noqonuniy harakatlarning oldini olişga xizmat qilmoqda. Qolaversa, elektron tizimga ötilişi natijasida davlat organlari va taşkilotlarida qoğoz sarfi ançagina qisqardi.
“E-huquqshunos” orqali yuridik xizmat körsatiladigan taşkilotlarning huquqiy hujjat loyihalari tez, oson va qonuniy körib çiqiş imkoniyati yaratildi. Barça jarayon şaffof bölgani hisobiga markaz xodimlarining davlat organlari va taşkilotlarining yuridik hujjat loyihalari asossiz ravişda salbiy xulosa beriş yoki rad qilişi monitoring yöli bilan bartaraf etilmoqda.
Ayniqsa, tizimning yangilangan talqinida hujjat loyihalari barça xodimlarga teng taqsimlanadi. Natijada bu mehnat samaradorligi oşişiga xizmat qilmoqda. “E-huquqshunos”ning yangilangan talqinida loyihalarga ilova qilingan hujjatlarni saqlamasdan ham körib çiqiş mumkin. Bu esa ilovalarni körib çiqişga sarflanadigan vaqt tejalişiga olib keldi.
Hujjat loyihasini körib çiqiş muddati dastur tomonidan avtomat ravişda belgilanadi. Muddati ötadigan loyihalar alohida ranglar bilan belgilab qöyilgan bölib, bu orqali muddatlarni ötkazib yuborilişining oldi olindi”, — deydi Qahramon Ğiyosov.
“Maktabgaça ta’lim taşkilotida işlayman. Ilgari tekşiruv kelganda hujjatlardagi kamçiliklar, hujjatlarni yuritişdagi tuşunmovçiliklar sabab köplab muammolarga duç kelardik. “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali muşkulimiz oson, oğirimiz yengil bölyapti.
Tizim foydalanuvçilar uçun ança qulay qilib işlangan. U orqali ovoragarçiliklarga barham berildi. Bundan juda mamnunmiz”, — deydi Marğilon şahar 25-sonli MTT direktori Zulfiyaxon Otajonova.
“E-huquqshunos” elektron tizimini taşkilotlar faoliyatida samarali joriy etiş, xodimlarga tizimdan foydalanişni köllab-quvvatlaş maqsadida respublikamizning 14 ta hududi, şuningdek, har bir tuman (şahar)larida “UNICON-SOFT” MÇJ hududiy filiallari işga tuşirilgan bölib, buning natijasida 1 000 dan ziyod işçi örinlari yaratilgan. Har bir taşkilotga alohida mas’ul xodim biriktirilgan bölib, taşkilotlardan kelib tuşgan taklif va e’tirozlar tezkor körib çiqilişi mexanizmi yölga qöyilgan.
Bir söz bilan aytganda, “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali respublikaning 208 ta tuman (şahar)idagi davlat taşkilotlari malakali yuridik xizmatdan foydalaniş imkoniga ega bölmoqda. Bu esa huquqni qöllaş amaliyotida turli talqinlar va inson omili bilan boğliq xatolarga yöl qöyilişining oldini olmoqda, respublika miqyosida huquq bir xilda qöllanişini ta’minlamoqda. Barça jarayonlar raqamlaştirilgani foydalanuvçilarning ham vaqti, ham naqdini tejamoqda.