Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov mamlakatning yetakçi moliyaviy va texnologik markazlaridan biri — Guandun provinsiyasining Şençjyen şahrida faoliyat yuritayotgan nufuzli va iqtisodiy barqaror tadbirkorlar, korporatsiyalar hamda kompaniyalar rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi.

Oçiq muloqot şaklida taşkil etilgan uçraşuvda Şençjyenda faoliyat yuritayotgan nufuzli iqtisodiy barqaror kompaniyalar bilan yangi texnologiyalar böyiça hamkorlik istiqbollari, Özbekiston şaroitida işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalarida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oşiriş, qöşma korxonalar taşkil etiş hamda mahsulot va xizmatlarni eksport qiliş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston va Xitoyning yetakçi kompaniyalari — Unicon-Soft hamda Shenzhen T.D.S Electronic Technology Co. Ltd. örtasida hamkorlikni rivojlantiriş, yangi elektron texnologiyalarni işlab çiqiş, xorijiy investitsiyani jalb etiş orqali yangi iş örinlarini yaratişga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

XXRga xizmat safari davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati Alibaba Cloud Intelligence kompaniyasining vitse-prezidenti va boşqaruv direktori Daniyel Çjao hamda Alibaba.com kompaniyasining elektron tijorat biznes guruhi boş ijroçi direktori Fan Jing bilan ham uçraşdi. Mazkur uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yönalişlari muhokama qilindi. Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga kelişdilar.

Şu bilan birga, Hubei, Huizhou va Kashgar şaharlari rahbariyati bilan raqamli texnologiyalar sohasida işlab çiqariş yönalişidagi loyihalar va tadbirkorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar yuzasidan fikr almaşildi.