Qoğozbozlik ötmişda qoldimi? Unicon Soft misolida raqamli boşqaruvga ötiş tajribasi
|00:00 / 22.10.20255 63211 min
Bitta imzo uçun rahbarni kutiş zamoni ötdi. Bugun bu jarayonni onlayn amalga oşiriş mumkin. Bu imkoniyatni mamlakat böylab joriy etib kelayotgan Unicon Soft kompaniyasi — Özbekistondagi elektron hukumat tizimining asosiy drayverlaridan biri.
Bugungi kunda davlat organlari örtasidagi hujjat almaşinuvi raqamlaştirilişi natijasida topşiriqlar ijrosi ustidan nazorat ta’minlandi, davlat xizmatçilarining iş samaradorligi oşdi hamda mehnat intizomi ta’minlandi, eng muhimi, davlat xizmatlarining elektronlaşişi natijasida fuqarolarining oğiri yengil, muşkuli oson böldi.
Masalan, yaqin ötmişda sudga murojaat qilgan fuqarolar sud majlisi qaysi sanaga belgilanişi, sud işiga qaysi sudya raislik qilişini sud kuniga qadar bilolmasdi. Bugun sud qarorini oliş, köriş uçun boriş şart emas. 2017 yilda taşkil topgan Unicon Soft MÇJ tomonidan yaratilgan sudlarni raqamlaştiriş va odil sudlovni ta’minlaşga qaratilgan milliy platforma — “Adolat” axborot tizimlari kompleksi bugungi kunda bu jarayonlar şaffoflaşdi.
“Sudlar faoliyatini raqamlaştirişda katta natijalarga erişdik. Ya’ni, fuqarolarning sudga murojaat qilişlari, tölovlarni ham raqamlaşganligi, fuqarolar tomonidan berilgan arizalarning onlayn holatini körib turiş, ya’ni arizasi qay holatda. Sud majlisi jarayonlari qaysi kunga belgilandi, sudni qaysi sudya olib borişi... Bundan juda ham köp fuqarolarga qulayliklar va imkoniyatlar yaratildi”, — deydi Unicon Soft MÇJ boş direktori Umid Usmanov.
“Adolat” axborot tizimlari kompleksi
“Ilgari sudga murojaat qiliş biroz murakkabroq, dahmazasi köp jarayon bölganini köpçilik yaxşi eslasa kerak. Masalan, Samarqanddagi da’vogar Toşkentdagi javobgarning ustidan sudga ariza topşirmoqçi. Mazkur iş böyiça guvoh esa Farğonada yaşaydi. Iş sudga oşgudek bölsa, ularning hammasini bitta joyga jamlaş kerak bölardi.
Hozir esa kompaniyamiz tomonidan işlab çiqilgan “Adolat” platformasida ularning barçasini onlayn töplaş imkoniyati bor. Bundan taşqari, tizimda ötmişda bölib ötgan bir xil mazmundagi işlarning bazasi ham şakllantirilgan bölib, bu sud xizmatçilarining işlarini ham, murojaatçilarning da’vosini körib çiqilişini ham osonlaştirmoqda, tezlaştirmoqda.
2016 yildan boşlab işlab çiqarila boşlangan bu loyihaning hozirga qadar bir qança versiyasi işlab çiqildi. Çunki qaysidir yilga kelib qonunçilik takomillaştirildi, ba’zi sudlar qöşilişi yoki bölinişi hisobiga tizimni muntazam takomillaştirişga töğri keldi. Mana, hozirgi kunda mazkur platforma sud faoliyati şaffofligini ta’minlamoqda”, — deydi Unicon Soft kompaniyasi kuzatuv kengaşi raisi Şerzod Habibullayev.
Mavzuga oid
Bundan bir neça yillar avval hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun mas’ullar qoğoz kötarib, idorama-idora yurar edi. Birgina imzoni oliş uçun ham kunlab vaqt ketardi. Bu jarayonda mablağ, inson resursi sarflanardi. Hozir esa hujjatlar elektron şaklda, ularni masofadan qabul qiliş mumkin, rahbarlar çet el safarlarida bölsa ham telefon orqali hujjatlarni bemalol imzolay olişadi. Bularning barçasi hujjatlarni raqamlaştiriş natijasida paydo bölmoqda.
Unicon Soft MÇJ 8 yillik faoliyati davomida davlat boşqaruvini raqamlaştiriş borasida işonçli va sifatli yeçimlar taqdim etib kelmoqda. Kompaniya tomonidan bugungi kunga qadar ellikdan ziyod axborot tizimlarini işlab çiqilib, ularga texnik xizmat körsatilib kelmoqda.
Umid Usmanov
“Raqamlaştiriş davlat boşqaruvida juda ham kerakli qadam. Ya’ni u elektron hukumatni rivojlantirişning muhim şarti desam böladi. Özimiz işlab çiqqan tizimlar misolida aytadigan bölsam, vazirlik va idoralarda içki va taşqi hujjatlar elektron körinişda aylanişni boşlagandan keyin ijroçilarga uni yetkaziş juda ham oson va tez amalga oşa boşladi.
Birinçi navbatda topşiriqlarni, hujjatlarni asosiy ijroçilariga, egalariga yetkazişda vaqt sarfining oldi olindi. Hujjatlarni qoğozga çiqariş, skanerlaş, elektr energiyasi, transport, poçta va hokazo köplab ortiqça sarf-xarajatlar iqtisod qilindi. Eng muhimi, xodimlarning vaqti tejab qolindi”, deydi Umid Usmanov.
Unicon Soft kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan katta loyihalardan biri bu — Ijro.gov.uz platformasi. U Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va topşiriqlari ijrosini nazorat qiliş uçun joriy etilgan yagona elektron tizim hisoblanadi.
Uşbu tizim davlat organlari, taşkilotlar va mahalliy hokimiyat idoralari örtasidagi hujjat aylanişini raqamlaştiriş, ijro intizomini kuçaytiriş va şaffof boşqaruvni ta’minlaş maqsadida taşkil etilgan.
Ijro.gov.uz — yagona idoralararo ijro intizomi elektron tizimi
“Eng katta loyihalarimizdan bittasi bu Ijro.gov.uz nomli platforma bölib, qonunçilik hujjatlarini nazorat qiliş va içki, idoralararo hujjat aylanişi uşbu tizim orqali amalga oşiriladi. Xöş, bu tizim qanday manfaat keltirmoqda?
Avvallari yangi hujjat qabul qilinganda, undagi topşiriqlar va boşqa turdagi körsatmalar ijrosi nazorati qölda, ya’ni qoğoz şaklida yuritilgan. Bu jarayonlarning raqamlaştirilgani hisobiga hozir har bir berilayotgan topşiriq, ijroçisi, ijro uçun belgilangan muddati tizimda aniq körsatilgan, ijroni paysalga soliş uçun heç qanday bahonalarga imkon yöq. Yillar davomida sinovlardan muvaffaqiyatli ötgani uçun ham uşbu platforma hozirgi kunda davlat miqyosida keng miqyosda foydalanib kelinmoqda”, deydi Şerzod Habibullayev.
Şerzod Habibullayev xorijlik mehmonlarga “Unicon Soft” MÇJ faoliyati haqida ma’lumot bermoqda
Kompaniya tomonidan taqdim etilgan yana bir loyiha Edo.ijro.uz esa davlat organlari va taşkilotlari örtasida hujjat almaşinuvini elektron şaklda amalga oşirişga möljallangan yagona platforma hisoblanib, tizim orqali hujjatlar elektron şaklda yaratiladi, yuboriladi, saqlanadi va raqamli imzo orqali tasdiqlanadi. Bu esa ularning haqqoniyligi va xavfsizligini ta’minlaydi.
“Bugungi kunda mana, barça 64 ta vazirlik, idoralarda, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, tuman, şahar hokimliklarida, bundan taşqari, xöjalik birlaşmalarida Edo.ijro.uz tizimi samarali işlatilib kelmoqda.
Oldin davlat organlarida hujjatlar rahbarga navbat bilan kiritilardi. Agar u xizmat safarida yoki boşqa sabab bilan öz örnida bölmasa qaytib kelişini kutib hujjatlar töplanib ketardi. Rahbar kunlab vaqt ötkazib, ular bilan tanişib, qöl qöyib çiqişi kerak bölardi.
Yoki bölmasa, hujjatlarni boşqa rahbarlar bilan kelişiş, masalan, vazirga hujjat kiritişdan oldin vazir örinbosarlari bilan, kotibiyat, boşqarmalar bilan kelişişlar ham ançagina vaqt olgan. Bizning elektron hujjat aylaniş tizimimiz yordamida bu jarayonlar ança yengillaşdi. Bugun hujjat rahbarni kutib ötirmaydi”, deydi kompaniya boş direktori örinbosari Farrux Saidmurodov.
Edo.ijro. uz — idoralararo va içki elektron hujjat aylaniş tizimi
Unicon Soft MÇJ tomonidan taqdim etilgan «Raqamli mahalla» tizimini işlab çiqişdagi asosiy maqsadlar — mahallaning «yettiligi» faoliyatini raqamlaştiriş, ularning işini osonlaştirişga qaratilgan. Hozir platforma qadamma-qadam joriy etib borilmoqda. Agar u töliq joriy qilinadigan bölsa, mahalla raislarining barça amaliyotlari töliq raqamlaştiriladi va ularga kelib tuşadigan fuqarolar murojaatlarini körib çiqiş ham osonlaşadi.
“Faoliyatimiz davomida köplab axborot tizimlarimizni işlab çiqqanimizdan keyin ularni texnik qöllab-quvvatlaş ham talab etildi. Çunki çekka hududlarda tizimlarimizdan foydalanadigan foydalanuvçilarning kompyuter savodxonligi har doim ham talabga töliq javob bera olmaydi.
Şuning uçun Unicon Soft tomonidan işlab çiqilgan axborot tizimlarini hududda, ya’ni joylarda texnik qöllab-quvvatlaş, ularga kömaklaşiş maqsadida hozirgi kunda respublikaning barça tumanlarida Unicon Soft’ning texnik qöllab-quvvatlaş bölimlari taşkil qilingan”, deydi Şerzod Habibullayev.
Darhaqiqat, bugungi kunda respublikaning 14 ta hududi va 208 ta tuman (şahar)da Unicon Soft MJÇning hududiy filiallari faoliyat yuritmoqda. Bu esa unga davlat darajasidagi loyihalarni faqat markazda emas, balki joylarda ham töliq qöllab-quvvatlaş, texnik xizmat körsatiş va tizimlarni doimiy nazoratda uşlab turiş imkonini bermoqda.
“Hozir 40 mingga yaqin taşkilotni elektron hujjat almaşinuvi tizimiga ulaganmiz va 200 mingga yaqin foydalanuvçi ayni paytda bu tizimdan foydalanib kelmoqda. Aynan elektron hujjat almaşinuvi tizimiga 600 ga yaqin xodimni safarbar qilganmiz. Bundan taşqari, «Raqamli mahalla» va «Huquqşunos» axborot tizimlarimizga 200 ga yaqin xodimlarni biriktirganmiz”, deydi kompaniya boş direktori örinbosari Saidakrom Muzaffarov.
“Unicon Soft” MÇJning Samarqand hududiy filiali xodimlari, 2022 yil
“Özbekistonda IT-kompaniyalar judayam köp. Unicon Soft’dan katta va xodimlar soni köp kompaniyalar ham talaygina. Lekin aksariyatining biznes modellari, ya’ni boşqaruvi markazdan turib, ya’ni Toşkentdan turib boşqarişga qaratilgan. “Unicon Soft” MÇJning eng çekka hududlarda ham bölgan bizning texnik qöllab-quvvatlaş markazlarimizning joriy etilganligi şu axborot tizimlarini samarali texnik qöllab-quvvatlaş va öşa foydalanuvçilarga doimiy, tezkor yordam beriş böyiça qulay bölgan, deb öylayman”, deya ta’kidlaydi Şerzod Habibullayev.
Unicon Soft hozirda nafaqat içki bozorda faol, balki taşqi bozorlarga ham çiqmoqda. Xususan, kompaniya şu vaqtga qadar öz mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilişni ham boşlagan. Bu borada öndan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari örnatilgan.
Hozirgi kunga kelib “Unicon Soft” MÇJ Xitoy Xalq Respublikasidagi bir qança kompaniyalar bilan hamkorlikda elektron qurilmalarni işlab çiqiş va bu orqali eksport bilan şuğullaniş hamda mahalliy bozorda yangi iş örinlarini yaratiş ustida iş olib bormoqda.
Bir söz bilan aytganda, “Unicon Soft” MÇJ raqamli boşqaruvdagi ğoyalari va amaliyotlari bilan Özbekistonning yangi taraqqiyot bosqiçiga hissa qöşmoqda. Kompaniyaning loyihalari orqali davlat boşqaruvi samaradorligi va şaffofligi yangi poğonaga kötarildi. Demak, raqamli Özbekiston ğoyasi endi orzu emas, balki kundan-kunga amalga oşib borayotgan voqelikdir.