Hindiston Boş vaziri Narendra Modi Pokistonda joylaşgan terrorçilarga qarşi «Sindur» operatsiyasi boşlangani va Dehli bilan Islomobod örtasidagi harbiy keskinlaşuv tugaganidan keyin birinçi marta xalqqa murojaat qildi. «Kommersant» uning nutqidan iqtibos keltirdi.
Hindiston rahbarining bayonoti nihoyatda keskin böldi. Narendra Modi Islomobodga ultimatum qöyib, Hindistonga yangi hujumlarni töxtatişni talab qildi, aks holda Pokistonning mavjudligi xavf ostida ekanligidan ogohlantirdi.
«Hozirça biz terrorçilar va Pokistondagi harbiy bazalarga qarşi javob çoralarida faqat tanaffus qildik, yaqin kunlarda Pokistonning har bir qadamini baholaymiz, u qanday rol öynaganini köramiz», deb ogohlantirdi Hindiston boş vaziri.
Uning sözlariga köra, Hindiston tomonidan 7 may kuni amalga oşirilgan «Sindur» harbiy operatsiyasi yakunlangani yöq, faqat töxtatilgan va mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soluvçi yangi hodisa sodir bölgan taqdirda istalgan vaqtda qayta tiklanişi mumkin.
«Bizning barça harbiy bazalarimiz va qurolli kuçlar infratuzilmasi, agar kerak bölsa, har qanday favqulodda vaziyatga javob berişga tayyor», dedi havo marşali Avadeş Kumar Bharti Hindiston poytaxtida bölib ötgan matbuot anjumanida Narendra Modining sözlarini tasdiqlar ekan.
«Agar Hindiston va Pokiston örtasida muzokaralar bölsa, u faqat terrorizm va Pokiston tomonidan bosib olingan Kaşmir böyiça ötkaziladi. Hindistonning pozitsiyasi aniq: terror, savdo va muzokaralar bir vaqtda davom etolmaydi. Pokiston armiyasi va hukumati terrorizmning gullab-yaşnaşiga yöl qöysa, bir kun kelib Pokiston ham yöq böladi. Agar Pokiston şafqatni istasa, terror infratuzilmasini yöq qilişi kerak. Biz terrorçilar ta’siri ostida bölgan hukumat va terrorçilarning rahnamolari örtasida farq qilmaymiz», dedi Modi.
Şu bilan birga, Pokistonning sönggi bayonotlari tomonlarning murosasiz pozitsiyalarini davom ettirib, ular örtasidagi muloqotni imkonsiz qilişini körsatmoqda.
Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif öz mamlakatini terrorizmning manbasi emas, balki qurboni deb bilişini aytdi.
«Hindiston bilan munosabatlarimizda uçta asosiy masala bor: Kaşmir, terrorizm va suv. Muammolar sönggi 76 yil davomida mavjud. Pokiston terrorizmning eng katta qurboni va bu muammoni hal qiliş kerak, şuningdek, Pokiston va Hindiston bir-biri bilan uç marta uruşgan Kaşmir muammosi. Bu hudud masalasi Pokiston-Hindiston muzokaralari kun tartibiga kiritilişi kerak», dedi vazir.













