Hindiston boş vaziri Narendra Modi «Sindur» harbiy operatsiyasi doirasida Pokistonga zarbalar beriş hozirça töxtatilganini aytdi. Uning sözlariga köra, Dehlining keyingi qadamlari Islomobodning harakatlariga boğliq.

«Biz aniq zarbalar berdik va ular faxrlanadigan havo bazalariga hujum qildik. Biz bu bazalarga katta zarar yetkazdik. Pokiston katta zarbaga uçraganidan keyin obrösini saqlab qolişga harakat qildi va dunyodan yordam söradi... Pokiston yordam sörab, öz hududidan Hindistonga terrorizm va harbiy hujumlarga yöl qöymasligini aytganida, biz ularning taklifini körib çiqdik. Hindiston Pokistonga zarba berişni töxtatdi va endi Pokistonning qadamlariga muvofiq harakat qiladi», dedi Narendra Modi harbiy operatsiya boşlanganidan keyin birinçi ommaviy nutqida.

Hindiston boş vaziriga köra, Pokiston bilan muzokaralar faqat terrorizm va Pokiston nazoratidagi Kaşmirni qaytariş böyiça olib borilişi mumkin.

«Boşqa heç narsa haqida emas», dedi Narendra Modi.

Hindiston va Pokiston örtasidagi mojaro 7 mayga ötar keçasi avj oldi: Hindiston armiyasi Pokiston hududidagi nişonlarga zarba berdi. 10 mayga ötar keçasi Pokiston Hindistonga qarşi keng kölamli operatsiya boşlanganini e’lon qildi.

11 may kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston öt oçişni töxtatişga kelişib olganini aytdi.