Jumladan, uşbu mamlakatning Pakistan in the World jurnali, Media Today axborot agentligi, Daily Big Digit va NewsLark gazetalari, The AZB, The Gulf Observer, The Europe Today va World News onlayn platformalarida Özbekistonning 2024 yil Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari dinamikasiga bağişlangan "Infografika: Özbekistonning 2024 yildagi Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan taşqi savdo aylanmasi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Pokiston naşrlari sönggi yillarda Özbekiston bilan Janubiy Osiyo mamlakatlari örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollaşganini, 2016-2024 yillarda özaro savdo hajmi 2,5 barobarga, eksport 2,3 barobarga, import esa 2,9 barobarga oşganini ma’lum qilgan. Qayd etilişiça, birgina 2024 yilda bilan Janubiy Osiyo mamlakatlari tovar aylanmasining umumiy hajmi 2,6 milliard dollarni taşkil etgan.
"Özbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlariga asosan elektroenergiya, neft mahsulotlari, transport xizmatlari, dukkaklilar va un eksport qilib, ulardan farmatsevtika mahsulotlari, maşina va uskunalar, qoramol göşti, kimyoviy va töqimaçilik mahsulotlar, tayyor kiyim-keçak sotib oladi", – deyilgan naşrlarda.
Pokiston OAV, şuningdek, 2024 yil yakunlariga köra, Afğoniston, Hindiston va Pokiston Özbekistonning Janubiy Osiyodagi asosiy 3 ta yirik savdo hamkori bölib turgani haqida yozgan.
Qayd etilişiça, Özbekistonning 2024 yilda Afğoniston bilan savdosi 1,1 milliard dollarni taşkil etdi. Bu körsatkiç mintaqa mamlakatlari bilan umumiy savdo hajmining 41 foiziga teng. Hindiston bilan savdo aylanma hajmi 981 million dollarga yetgan.
"Özbekistondan Pokistonga eksportning asosiy pozitsiyalarini oziq-ovqat sanoat, xizmatlar, töqimaçilik xomaşyosi, ipak va kimyo mahsulotlari, importni esa kimyo, oziq-ovqat, töqimaçilik mahsulotlari, qimmatbaho bölmagan metallardan tayyorlangan buyumlar, maşina va uskunalar, transport xizmatlari taşkil etmoqda", – deb yozgan Pokiston OAV.












