Toşkent konferensiyasi – Özbekistonning ikki mintaqaga çaqiriği
|00:24 / 18.07.202127 3999 min
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining yuqori martabali mulozimlari hamda xalqaro siyosatdagi boşqa köplab doiralar rasmiylari 16 iyul kuni Toşkent konferensiyasiga yiğildi.
Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Prezident Şavkat Mirziyoyev öz nutqida ikki qöşni mintaqa örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan 10dan ortiq takliflarni ilgari surdi va şu kunning özida 14ta delegatsiya rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Konferensiyada Markaziy, Janubiy va Şarqiy Osiyo mamlakatlari, arab davlatlari, Turkiya, AQŞ, Rossiya va Yevroittifoq rasmiylari hamda qator xalqaro tuzilmalar mulozimlari iştirok etdi. Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani, Pokiston boş vaziri Imron Xon va Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozep Borrel şular jumlasidan.
Taşrif buyurganlar nafaqat mezbon mamlakat rasmiylari bilan, balki özaro ikki tomonlama uçraşuvlarni ham ötkazişdi.
Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Özbekiston konferensiya davomidagi barça nutqlar va mavzulaşgan sessiyalarda mintaqaviy hamkorlariga öz çaqiriğini oçiq bildirdi: Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari özaro hamkorlikni jadal rivojlantirişi lozim, hali işga solinmagan ulkan imkoniyatlarni röyobga çiqarişdan barça manfaatdor.
Tarixan ikki mintaqani boğlovçi köprik vazifasini bajarib kelgan, biroq oxirgi ön yillarda ular örtasida tösiq-devorga aylanib qolgan Afğoniston muammosi – konferensiyaning asosiy mavzularidan biri böldi.
Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
AQŞ harbiylarining Afğonistonni tark etişi ortidan “Tolibon” harakatining faollaşganiga qaramay, rasmiy Toşkent savdo-iqtisodiy loyihalarni afğon diyoridagi tinçlik jarayonlari bilan parallel ravişda davom ettiriş zarur, deb hisoblamoqda.
Özbekiston pozitsiyasiga köra, Afğonistonda tinçlikka erişiş faqat muzokaralar yöli bilan böladi, bunda afğon jamiyatidagi böğinlar özaro konsensusga kela olişi lozim.
Mavzuga oid
Şavkat Mirziyoyevning taşabbuslari
Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Özbekiston yetakçisi eng avvalo Markaziy va Janubiy Osiyoni boğlovçi samarali va xavfsiz transport-logistika infratuzilmasiga ehtiyoj kattaligini aytdi.
Ma’lumot uçun, mazkur temir yölni quriş böyiça “yöl xaritasi” şu yil fevralda Özbekiston, Afğoniston va Pokiston tomonidan tasdiqlangan edi.
Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Prezident, şuningdek, quyidagi yönalişlarda öz takliflarini ilgari surdi:
Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari örtasidagi savdo, tranzit va çegaralardan ötiş jarayonlarini raqamlaştiriş;
ikki mintaqadagi oziq-ovqat xavfsizligi böyiça dastur qabul qiliş;
ikki mintaqaning ulkan sayyohlik salohiyatini töliq işga soliş;
“yaşil” iqtisodiyotni rağbatlantiriş;
xavfsizlikka nisbatan tahdidlarga qarşi kuraşişda kuçlarni birlaştiriş.
Şavkat Mirziyoyev ikki qöşni mintaqa örtasida iqtisodiy hamkorlik bitimini tuziş va har yili mintaqalararo forum ötkazib borişni ham taklif etdi.
Bundan taşqari, ilmiy va madaniy-gumanitar almaşuvlarni kengaytiriş, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining olim va tadqiqotçilari uçun soddalaştirilgan viza tartibini joriy etiş zarurligi ham ta’kidlandi.
Anjuman davomida Özbekiston prezidentidan taşqari, Afğoniston va Pokiston yetakçilarining bayonotlari ham köpçilikning diqqat markazida böldi. Xususan, Pokiston boş vaziri Imron Xon toliblarni muzokaralar stoliga jalb qilişda heç kim Pokiston kabi katta rol öynamaganini aytdi.
“Pokiston toliblarni muzokaralarni boşlaş va afğon muammosiga tinç yeçim topişga köndiriş uçun barça vositalarni işga soldi. Afğonistonda bölayotgan voqealarda Pokistonni ayblaş juda ham adolatsizlik böladi”, – dedi u.
Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Imron Xon Afğoniston prezidenti Aşraf Ğanining Pokistonning muammodagi salbiy rolini eslatganiga munosabat bildirdi.
“[Undan köra], prezident Ğani Afğonistondagi mojarodan eng köp jabr körgan mamlakat – Pokiston haqida gapirsin. Sönggi 15 yilda Pokistonda 70 ming kişi halok böldi. Pokiston yangi-yangi mojarolarni xohlamaydi. Iqtisodiyotimiz endi oğir davrdan çiqib kelmoqda. Men uçun Afğonistondagi voqealarda Pokiston ayblanişini eşitiş juda oğir”, dedi Pokiston boş vaziri.
Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Aşraf Ğani ham “Tolibon” bilan muzokara ötkaziş uçun barça imkoniyatlar işga solinayotganini bildirdi.
“Biz bahsli masalalarni tegişli tarzda hal qiliş va uruş tahdidini olib taşlaş uçun “Tolibon”ni Afğoniston hukumati bilan hamkorlik qilişga çaqiramiz”, – dedi u.
Biroq, Afğoniston prezidentining aytişiça, “Tolibon” taklif qilgan yagona variant – yo ular tomonga ötiş, yoki taslim böliş.
Aşraf Ğaniga köra, aholi rasmiy hukumatning qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlamoqda va armiya saflariga köngillilarni yollaş ösib bormoqda; biroq qiyinçiliklar ham yöq emas, birinçi katta qiyinçilik – koronavirusning uçinçi tölqini.
Foto: Anvar Ilyosov / "Dunyo" AA
Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli Ğarb koalitsiyasi kuçlari Afğonistondan çiqib ketgaç ham turk harbiylari Kobulda qolişini ma’lum qildi.
“Rasmiy Anqara birodar afğon xalqi manfaatlari uçun Kobuldagi xalqaro aeroportning xavfsizligini ta’minlaş va boşqariş tayyor», – dedi Çovuşöğli.
Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Afğonistondagi vaziyat qöşni davlatlarga real xavf tuğdirayotganiga urğu berdi.
“Vaziyat terroristik xavf hamda katta miqdordagi narkotik moddalar savdosiga zamin yaratyapti. Bu davlatdagi notinçlik qöşni davlatlarga tarqalişi xavfi bor.
[...] Rossiya Afğonistonda yovlaşayotgan tomonlarning sulhga erişişi tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidlayman. Faqat xalqaro hamkorlar kömagidagi töğridan töğri muzokaralargina masalaning yeçimi böla oladi”, – dedi Lavrov.
Foto: Kun.uz
AQŞning Afğoniston masalalari böyiça maxsus elçisi Zalmay Xalilzod AQŞ Afğonistondagi harbiy harakatlar uçun 1 trln dollardan ortiq xarajat qilgani, katta qurbonlar berilgani, biroq bugungi kunda Afğonistonning katta qismi “Tolibon” nazoratiga ötgani Amerikaning barça sa’y-harakatlarini yöqqa çiqarib qöyayotgani haqidagi savolga javob berdi.
“20 yil oldingi Afğoniston va bugungi Afğoniston farq qiladi. Har safar Kobulga borganimda buni his qilaman. Ötgan davr davomida Afğonistonda davlat boşqaruvi şakllandi, demokratik institutlar faoliyati yölga qöyildi. “Al-Qoida” taşkiloti yöq qilindi.
Toliblar bilan muzokaralar davomida ular qöşni davlatlarga hujum qilmaslik, Afğoniston hududini AQŞ va uning ittifoqdoşlariga qarşi kuraşuvçi maydonga aylantirmaslikka söz berdilar”, – dedi amerikalik diplomat.
Markaziy Osiyo liderlari yana yiğilişi ham aniq böldi
Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Şu kuni Şavkat Mirziyoyev öndan ortiq delegatlar, xususan, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredovni qabul qildi.
Uçraşuv haqidagi rasmiy xabardan ma’lum bölişiça, Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining navbatdagi maslahat uçraşuvi 6 avgust kuni Turkmanistondagi “Avaza” milliy turizm zonasida ötkaziladi.
Anjumanning bir qismi sifatida Toşkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti tantanali ravişda oçilganini qayd etiş örinli. Şuningdek, anjuman iştirokçilari – taşqi işlar vazirligining qöşma bayonoti ham qabul qilindi.
Foto: Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati
Qöşimça qiliş lozim, konferensiya doirasida Özbekiston, AQŞ, Afğoniston va Pokiston Afğoniston muammosi böyiça özaro maslahatlaşuvlar uçun yangi diplomatik platforma tuzişga kelişib oldi.
“Samarali xalqaro savdo yönalişlarini yanada rivojlantiriş uçun tarixiy imkoniyatni anglagan holda tomonlar savdoni kengaytiriş, tranzit yöllarni yaratiş va işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş uçun hamkorlik qilişga umid qilmoqda”, – deyiladi tegişli rasmiy relizda.
Xulosa örnida ta’kidlaş mumkinki, ikki mintaqani qayta boğlaş böyiça Toşkent konferensiyasi muvaffaqiyatli ötkazilişi Özbekistonning xalqaro siyosiy mavqeyiga ijobiy ta’sir qilişi şubhasiz. Şu bilan birga, bu siyosiy anjuman Afğonistondagi vaziyat keskinlaşgan bir paytga töğri kelgani uning natijalari haqida gapirişda ehtiyotkor bölişga undaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi