«Barsa»ga qarşi birinçi öyindan keyin «Inter» ustozi Simone Indzagi 17 yoşli Lamin Yamalga hozirça eng yorqin maqtovni aytdi: «Bunday iste’dodlar 50 yilda bir marta paydo böladi. Bu fenomen». Bu bilan Simeone Laminning iste’dodini Leo Messi bilan bir poğonada emas, balki undan ham yuqori qöyadi.
Bunga javoban Hans-Diter Flik biroz kamtarona sözladi, ammo uning bahosi ham baribir juda yuqori edi: «Birgina iste’dod yetarli emas - hatto daholar uçun ham. Ronaldu, Messi va boşqa buyuklar darajasiga yetiş uçun juda köp işlaş kerak. Keling, sokinroq bölamiz. Laminning öyinidan juda mamnunmiz. Uning 17 yoşdagi öyini darajasi tasavvurga siğmaydi!»
Çempionlar Ligasi yarimfinalidagi öyinlar va klasikolardan söng Lamin Yamal haqidagi muhokamalar yanada avj oldi, özbek jurnalistlari va muxlislari ham uni Leo Messi bilan qiyoslay boşladi. Aslida butun dunyodagi mutaxassislar bunday soliştirişni boşlab yuborgan. Xususan, rossiyalik tahlilçi Vadim Lukomskiy öz uslubida mavzuga çuqurroq kirişni lozim topdi.
Kimlar va nega Messi va Yamalni soliştirmoqda?
Bu ikki futbolçi soliştirilgan iqtiboslarni yiğib çiqiş – imkonsiz yumuş. Bu şunçalik köpayib ketdiki, bemalol tört yuz sahifalik ilmiy iş yoziş mumkin. Quyida eng qisqa va e’tiborli fikrlar keltiriladi.
Birinçilar, albatta, la masiyalik daholar edi. «Barselona» akademiyasining sobiq direktori Aureli Altimir tomonidan ikki yil oldin yozilgan matndan parça:
«Yamal Messi emas, ammo hammadan köra eng yaqin. Agar u darvozaga ön marta zarba bersa, töqqiztasi aniq boradi. U jarima maydoni içkarisida ham juda sovuqqon va 18-19 yoşli futbolçilarning xayoliga ham kelmaydigan işlarni qila oladi. U tuğma iste’dod. Agar ehtiyotkorlik bilan yondaşib, uning atrofidagilarni ham nazorat qilsak, juda muhim futbolçiga aylanadi».
Ötgan yozda The Telegraph naşriga intervyu bergan Munir Nasraviy, Yamalning otasi undan ham oşirib yubordi – «Men öğlimga işonaman. Töliq aminmanki, u butun yölni bosib ötadi va Messidan ham buyukroq futbolçiga aylanadi».
Mavzuga oid
Umuman, soliştirişlarni ikki turga ajratiş mumkin. Birinçi navbatda, Messi öz davrining eng asosiy ölçovi sifatida olinadi va u orqali Yamal maqtaladi. Ikkinçi turdagi soliştirişlarda esa öyin uslubi va mayda detallar qiyoslanadi.
Birinçi toifadagi maqtovlar içiga Tiyerri Anrini keltiriş mumkin:
«Futbolda meni hayron qoldirgan jihat, sen doim boşqa Messi yoki Ronaldudan zöri çiqmaydi deb amin bölasan. Avvalroq kattalar ham Pele va Maradona haqida şunday deyişgan. Ammo keyin Yamal çiqib keladi».
«Menimça, navbatdagi katta nom – Yamal. Sönggi yigirma yilda bizda Messi va Ronaldu bor edi, endi Yamal tayoqçani ulardan olmoqda» – Ueyn Runi.
«Yamal mening aqlimni oldi. Yoş Runining paydo bölişini eslayman. U ham öziga xos ekani ilk kunlardan bilingandi, lekin hatto u ham bu darajada emasdi.
Pele jahon çempionati finalida ikki gol urgan, ammo u deyarli 18 yoşda edi. Hatto Messi ham özining yuqori darajasiga yigirma yoşga borib çiqa olgandi.
Yamal esa juda va juda boşqaça. Biz hali ham oxirini körganimiz yöq. Şu darajadaki, hozirgi Yamal ham aqlimga siğmayapti» – Gari Lineker.
«Men Lamin Yamalga maftun böldim. Ajoyib öyinçi. Men uni futbol tarixidagi eng zör futbolçi böladi, demoqçi emasman, lekin bölişiyam mumkin. Messi bu yoşda qanday öynagani esingizdami? Ön olti yoşda-ya?» – Rio Ferdinand.
«Barselona»ning asosiy yutuği şundaki, ular Messi kabi futbolçiga örinbosarni darhol topa olişdi. Messi bizning davr uçun asosiy figura. Yamal timsolida uning örnini bosişi mumkin bölgan öyinçini topiş unikal muvaffaqiyat» – Vensan Kompani.
«Har 20-30 yilda öziga xos futbolçi paydo böladi. Messi heç kim bilan taqqoslab bölmaydigan ilk futbolçi edi, ammo Yamalga qarab turib aytişim mumkin – u men körganlar içida eng yaqini» – Devid Bekhem.
Yanada aniqroq ta’rif Sesk Fabregasniki:
«Messi va Yamal örtasidagi soliştirişlarni tuşunaman. Hammaning öz tarixi bor, lekin bu taqqoslaşlar mutlaqo normal. Ayniqsa, qiyin davrlarni boşdan keçirgan «Barselona» muxlislarini ham tuşunaman. Yamal öyinga hayratda qoldiriş hissiyotini olib kiradi. Bu muhim. Jamoa qiyin ahvolda qolganida Messi asosiy planga çiqardi. Endi esa Yamal».
Tabiiyki, bu haqida qahramonlarimizning özlari ham nimadir deyişgan.
«Messi bilan soliştiriş? U tarixda eng zöri, men esa endi ön yetti yoşga kirdim. Ammo bu menga motivatsiya beradi. Bor imkoniyatimni işga solişga undaydi. Bu bosim menga yordam beradi», – deydi Lamin.
Leoning özi esa yuqoridagilarning fikriga qöşilişini aytadi:
«Agar kimnidir tanlaşim kerak bölsa, Yamal haqidagi gapirayotganlarning fikriga qöşilaman. U – futbolning buguni. Şubhasiz uni buyuk kelajak kutmoqda».
Yana bir kesişuv bor: dekabrda Messi Yamalni Adidas’ning maxsus loyihasining birinçi qahramoni etib tanladi (unda Leo önlab bölajak superyulduzlarga maslahatlar beradi). Undan oldinroq esa aynan Messining qönğiroğidan keyin Lamin Nike’dan Adidas’ga ötgandi.
Uzviy boğliqlik va taqqoslaşlardan qoçib bölmaslikning yakuniy argumenti esa – öşa maşhur çömiltiriş fotosidir:
Yamal yoş Messiga statistik körsatkiçlar böyiça qançalik yaqin?
«Şu paytgaça kim Messi bilan bu borada soliştirilgan bölsa, yutqazgan. Ammo nega soliştirmalar bunçalik köpayib ketganini ham tuşunaman. Lamin – çap tomondan markazga kirib boradigan çapaqay futbolçi, öyinida Messiga öxşaş jihatlar bor», – degandi öz vaqtida Yamalga ustozlik qilgan Xavi.
Ayni damda Yamalni köproq Messining ilk yillari bilan soliştiriş mumkin. Öşanda Messi ham öng qanotga köproq boğlangan, individiual harakatlarga köproq tayanar, xuddi hozirgi Yamal kabi yorqinroq körinardi.
Ön yetti yoşdagi davrni taqqoslaş ma’nosiz, u holda Messi ham, Ronaldu ham ança yutqazadi, tan oliş kerak, Yamalning çiqib kelişi ança erta röy bergani fakt. Taqqoslaş uçun, Messining 2005/06 yillar mavsumini olamiz – aynan öşa mavsumdan boşlab unga tölaqonli vaqt berila boşlandi. Şunda ham Yamalda daqiqalar köproq (4188 ga 1417).
Messining gollari agar örtaça har 90 daqiqaga hisoblasak köproq, ammo şuni tuşuniş kerakki, Messi köp öyinlarni asosiy tarkibda boşlamagan, asosan zaxiradan, çarçab qolgan raqibga qarşi, osonroq öyinlarda qöşilgan. Lekin mana şu mayda detallarni e’tiborga olmasak ham, agar gol+pas böyiça ölçasak, ustunlik Yamal tarafida:
Zarbalar soni böyiça deyarli tenglik. Messida aniq zarbalar köproq. Har 90 daqiqadan 4 tadan ortiq zarba – top körsatkiç. Masalan, Yamalning uşbu mavsumdagi körsatkiçlari La Ligada ikkinçi örinda bölişi uçun yetarli. Faqat Kilian Mbappeda yaxşiroq.
Kreativlik böyiça allaqaçon Yamal tökisroqqa öxşaydi. Messi keyinroq futbol tarixidagi eng zör pleymeykerga aylandi, «önlik» sifatida faoliyatini tugatmoqda, ammo ilk davrlarda u ham Yamal kabi nozikroq harakatlar qilolmasdi. Lamin raqib darvozasiga xavf soliş böyiça samaraliroq, yorqinroq.
Dribling böyiça ikkovi ham yaxşi. Yamal muvaffaqiyatli aldab ötişlar böyiça ustunroq, lekin agar raqib futbolçilarining qoida buzişlarini ham qöşsak, vaziyat tenglaşadi.
Qoida buzişlar va driblinglarni qöşganda biz raqib himoyaçilari tomonidan töxtatib qolinmagan vaziyatlarga ega bölamiz. Leoda qoida buzib töxtatiliş holatlari köp, Yamal esa köproq aldab ötgan. Buni zamondagi farqlar bilan ham izohlaş mumkin. 2000-yillarda hakamlar yulduzlarni hozirgidek avaylaşmagan, jazolar hozirgidek qattiq bölmagan. Şuningdek, ayni paytdagi qanot himoyaçilari köproq boşqa vazifalar bilan ham maşğul bölib, 20 yil oldin aynan himoyalaniş talablari köproq edi, ya’ni Messi yanada kuçliroq qanot himoyaçilari bilan töqnaşgan.
Endi töpni qaytarib egallab olişdagi harakatlarini soliştiramiz. Yamal pressingda faol qatnaşadi, u öynayotgan jamoa total darajada töpga egalik qilişga asoslangan. Ammo yoş Messining körsatkiçlari yanada kuçli ekani hayron qoldiradi.
Messining keyingi, himoyalanişda u qadar faol iştirok etmagan varianti bilan ham soliştirganda farq sezilarli. Tan oliş kerak, doim Messining töp uçun kuraşlardagi harakatlari kuzatilgan, olqişlangan, e’tirozlar esa asosan töpsiz doim ham faol emasligi, boşqa holatlar uçun öz kuçini asraşi bilan boğliq bölgan. Faoliyatining ilk yillarida esa kuçni tejaş borasida heç qanday gap yöq edi.
Şu bilan birga, kartinani töliq tuşuniş uçun Flik va Raykaard tizimidagi farqlarni ham aytib ötiş kerak. Flikning «Barselona»si köproq taşabbuskor va hujumkor, Raykaardniki köp jihatdan katta farq bilan boy beradi. Ya’ni Yamalning köp ustunliklarini yanada qulayroq şartlar va öyin uslubida öynayotgani bilan ham izohlasa böladi. Lekin har qanaqasiga olsak ham 17 yoşli Yamal 18 yoşli Messidan ustunligi namoyon bölmoqda.
Xulosa
Ikki obektiv va bir sub’yektiv yakunga boriş mumkin.
1. Ayni damdagi Yamal yoş Messiga teng emas, sezilarli darajada ustunroq;
2. Şundan kelib çiqib, bu ketişda Yamal Messidan doim zör böladi deb ham bölmaydi, çunki faoliyatining keyingi bosqiçlarida Messi boşqa köp yangi qirralarini oçib borgan, pozitsiyalarini özgartirgan;
3. Messi ölçov va möljal sifatida jozibali, ammo Yamal haqida gap ketganda eng mos deb ham bölmaydi. Ha, tuşunsa böladi, agar kimnidir maksimal darajada maqtamoqçi bölsang, şunçaki «Messi» deb qöya qoliş mumkin. Ammo tan oliş kerakki, bu zanjirda köp ma’nolar yöqolib ketadi va şu tariqa maqtovlar haqqoniy bölsa-da, böş bölib qoladi.
Yamalning özi asosiy kumir sifatida Neymarni, ilhom manbayi sifatida esa Ronaldinioni tilga olgan. Messining uslubi boşqaça, uning jozibasi dohiy minimalizmda körinadi. Barselona-brazil maktabi esa şunçaki gözallik uçun gözallik asosiga ham qurilgan. Ba’zida foyda keltirib, ba’zida keltirmasa-da, doim tomoşabinlarni futbolga oşufta etadi.
Balki Yamal ergaşişi mumkin bölgan futbolçi Neymardir? Iste’dodi va dastlabki yillarida Neymar ham Leodan qolişmasdi. Lamin ham Neymarga aylanişi mumkin. Faqat faoliyati bir tekis ketgan Neymarga...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi