Buyuk Britaniyada bölib ötgan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining 34-yillik anjumani doirasida “Biznesni rivojlantiriş banki” qator kelişuvlarga erişdi. Xususan bank va Buyuk Britaniyaning Standard Chartered banki örtasida 50 million AQŞ dollari miqdorida moliyalaştiriş bitimi imzolandi. Mazkur kelişuv mamlakatimizda kiçik va örta biznes sub’yektlarini yanada qöllab-quvvatlaş, savdo moliyasi yönalişida hamkorlikni kengaytiriş, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etişdek dolzarb islohotlarga hamohangdir. Bitim doirasida "Biznesni rivojlantiriş banki" xodimlari uçun institutsional salohiyatni oşiriş, bilim va tajriba almaşiş orqali malaka oşiriş dasturlarini hayotga tatbiq etiş közda tutilgan.

Şuningdek, anjuman doirasida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan savdo moliyasi yönalişidagi hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida uşbu xalqaro moliya institutining Savdoga kömaklaşiş dasturiga a’zo böliş böyiça kelişuv ham imzolandi.

Uşbu kelişuv “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB uçun xalqaro savdo operatsiyalarini moliyalaştirişda kengroq iştirok etiş imkoniyatini yaratadi. Şuningdek, bankga kiçik va örta biznes sub’yektlarining eksport-import faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş, ularga xalqaro bozorlarga çiqişda moliyaviy kömak beriş va savdo moliyasi instrumentlaridan foydalanişni kengaytirişga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida