Içki işlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti taşkil etildi. U jumladan içki işlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasidagi faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yeçimlarni tatbiq etiş bilan şuğullanadi.

Sinov tariqasida Toşkent şahri va Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmalari tuzilmalarida Içki işlar boş boşqarmasi boşliği örinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati boşliği lavozimi joriy etilmoqda. Şuningdek, tumanlararo raqamli texnologiyalar bölinmalari faoliyati yölga qöyiladi.

Raqamli transformatsiya doirasida içki işlar organlarining faoliyatiga ovoz asosida şaxsni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, quyidagi xizmatlar elektron şaklga ötkaziladi:

  • avtotransport vositasini jarima maydonçasidan çiqariş;
  • Özbekistonda doimiy yaşovçi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni bir manzildan ikkinçi manzilga turgan joyi böyiça doimiy röyxatga oliş;
  • fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning öq-dorilarini işlab çiqariş, ta’mirlaş va realizatsiya qiliş faoliyati uçun litsenziya beriş;
  • fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning öq-dorilarini oliş, realizatsiya qiliş, saqlaş, olib yuriş, taşiş, kolleksiyalaş, körgazmaga qöyiş, Özbekiston hududiga olib kiriş hamda Özbekiston hududidan olib çiqiş, Özbekiston hududi orqali tranzit qiliş uçun ruxsatnoma beriş;
  • portlovçi materiallarni olib kiriş, sotib oliş, saqlaş, şuningdek, avtomobil va temir yöl transportida taşiş uçun ruxsatnoma beriş;
  • fuqaroning doimiy manzilini hamda unga tegişli köçmas mulkda doimiy röyxatdan ötgan yaşovçilar töğrisidagi ma’lumotni tahrirlaş;
  • ommaviy tadbirlar ötkaziş uçun ruxsatnoma beriş.

Hujjat bilan şuningdek Içki işlar organlari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etiş va rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlanmoqda. Uning asosiy yönalişlari:

  • ma’lumotlarni yiğiş, saqlaş va qayta işlaşda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş;
  • huquqbuzarliklarning oldini oliş, sodir etilgan jinoyatlarni «issiq izidan» foş etişga xizmat qiluvçi geoaxborot tizimida makon, vaqt, holat, qilmiş, obekt, predmet va şaxsni özaro boğlovçi tahliliy va prognoz modellarini yaratiş
  • vaziyat va holat ssenariysining tahlili va prognozi asosida boşqaruv qarorlarini işlab çiqiş;
  • raqamli kriminalistika sohasida tadqiqotlar olib boriş va tergov qiliş jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş;
  • kuzatuv kameralarida qayd etilgan tasvirlarni real vaqt rejimida profayling tahlil qiliş  orqali şaxsning jinoiy xulq-atvorini prognozlaş mexanizmini joriy etiş;
  • aholiga xizmat körsatiş, ekspert-kriminalistika va tezkor-profilaktik faoliyatda robototexnika imkoniyatlaridan foydalaniş.