Turkiyada 5–16 may kunlari V Xalqaro «Eng ilğor merganlar jamoasi» musobaqasi ötkazildi. 15 davlatning 48 ta jamoasi iştirokidagi bellaşuvda Özbekiston mudofaa vazirligi jamoasi oltin medalni qölga kiritdi, deb xabar bermoqda vazirlik.

Bahslar Turkiyaning Isparta şahridagi «Komando» toğ-öquv maşqlar markazida taşkillandi. Unda Özbekiston, Turkiya, Pokiston, Qatar, Ozarboyjon, Italiya, Birlaşgan Arab Amirliklari – öndan ortiq davlat, şuningdek, kuzatuvçi maqomida Turkmaniston, Qozoğiston, Buyuk Britaniya va Kuvayt iştirok etdi. Musobaqa iştirokçilari guruhlarga bölinib, 15 ga yaqin şart böyiça bahs olib bordi.

Xususan, jamoalar yuqori burçak ostida öq otiş, gazniqob taqib, jangovar öq otiş, noaniq masofalarga noqulay istehkomdan öq otiş, turli tösiqlar ortidan öq otiş, havodagi vertolyotdan öq otiş, orolni himoya qiliş va qayiqdan jangovar öq otiş, nişonga sezdirmay yaqinlaşib öq otiş, 5 km masofadan yuk va qurol bilan yugurib kelib, sovuq stvoldan öq otiş, tunda nomalum masofalarga öq otiş va «syurpriz» şartlarini bajardi.

Turkiyada ötkaziladigan mazkur musobaqada Özbekiston jamoasi 4-marta iştirok etmoqda, 2022 va 2023 yillarda 2-örinni, 2024 yilda esa 1-örinni egallagandi.